“Yashil makon” umummilliy loyihasi amalda
Bugun yurtimiz bo‘ylab keng miqyosda "yashil" belbog‘ barpo etish doirasidagi daraxt ekish tadbirlari bo‘lib o‘tdi.
Unda davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev ham ishtirok etib, Toshkent atrofida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida barpo etilayotgan yangi boqqa ko‘chat ekdi.
Mazkur tadbirning Samarqand viloyatidagi markazi Bulung‘ur tumani bo‘lib, tadbirda viloyat hamda tuman darajasidagi sektor rahbarlari, viloyatimizdagi tuman, shahar hokimlari, hokim o‘rinbosarlari, Xalq qabulxonasi, korxona va tashkilot rahbarlari, nuroniylar, yoshlar, xotin-qizlar, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.
Loyiha doirasida tumanning Olmazor mahallasida barpo qilinayotgan “Yangi O‘zbekiston” massivida 2 gektar yer maydoni ajratilib, jami 1700 tup mevali va manzarali daraxat ko‘chatlari ekildi.