insurez
24-04-2024 17:46

Faol nuroniylar jamoatchilik nazorati o‘rnatmoqda


Xalqimizda “Qari bilganni pari bilmas” degan naql bor. Ayni shu sababdan bugungi ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy jarayonlarda keksa avlod vakillarining boy hayotiy tajribasidan unumli foydalanish lozim. Bu borada tumanimiz nuroniylari ham o‘z faolliklarini ko‘rsatishmoqda. Xususan, shu kunlarda “Nuroniy” jamgarmasi tuman bo‘limi tashabbusi bilan qishloq xo‘jaligi sohasida jamoatchilik nazorati tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Bunda 2024-yil g’alla hosili uchun ekilgan g’alla maydonlarini parvarishlash holatlari, jumladan rizq-ro‘zimizni “zang” kasalligini ehtiyotlash, fermer xo‘jaliklarida tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, mahallalarda aholi tomorqasidan samarali foydalanish kabi masalalarga e’tibor qaratilmoqda. Bugunga qadar tumanning Kildon, Zarbdor, ipak yo‘li agrofirmalarida o‘tkazilgan o‘rganish ishlari rejasi tarzda davom ettirilmoqda.

Teglar
- -