insurez
25-05-2024 11:10

Bugun yurtimizdagi barcha maktablarda “so‘nggi qo‘ng‘iroq” sadolari jarangladi


Xususan, Bulung‘ur tumanining qo‘shni Jizzax viloyati bilan chegaradosh bo‘lgan olis hududlaridan Oqtosh mahallasidagi 30-maktabda o‘tgan tadbirda tuman hokimi S.Astonov ishtirok etib, davlatimiz rahbarining bitiruvchilarga tabrigini o‘qib eshittirdi.
 
Tadbir davomida faol o‘quvchilar, o‘qituvchilar, turli nominatsiyalar bo‘yicha ota-onalarga maktab ma’muriyatining faxriy yorliq, tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi. Maktabning 1986-yilda tug‘ilgan sobiq bitiruvchilari tomonidan maktab uchun badiiy kitoblar to‘plamlari hamda sport anjomlari tuhfa etildi.
 
Ma’lumot o‘rnida, joriy yilda tumanda bitiruvchilar soni 2593 nafar bo‘lib, ulardan 139 nafari milliy va xalqaro darajagi sertifikatlarni olgan bo‘lsa, 5 nafari muddatdan oldin oliy ta’lim muassasasi talabasi bo‘ldi.
 
Yoshlarimizga kelgusi hayot yo‘llarida omad yor bo‘lishini tilab qolamiz!
 
 
 
 
 
Teglar
- -