insurez
23-04-2024 17:46

“Yangi O‘zbekiston” massividagi qurilish jarayonlari ko‘zdan kechirildi


Bulung‘ur tumani Olmazor mahallasi hududida “Yangi O‘zbekiston” massivi qad rostlamoqda. Tuman hokimi Samandar Astonov hududda bo‘lib, quruvchi tashkilotlarning mas’ullari, qurilish ishlari sifatini nazorat qilish, kommunikatsiya va kommunal soha rahbarlari bilan uchrashdi. Qurilish ishlari olib borilayotgan hududlarni, ko‘p qavatli uylardagi ishlarning sifati, bugungi kundagi bosqichlari bilan yaqindan tanishdi. Suhbatlar davomida har bir quruvchi tashkiloti belgilangan muddatlarda ishlarni yakunlasi zarurligi, qolaversa qurilish ishlarining sifatiga alohida e’tibor qaratilishi, bunda yangi uyni olgan xonadon sohibi quruvchi tashkilotdan minnaddor bo‘lishi lozimligi ta’kidlandi. Quruvchi tashkilotlardan har biri yuzasidan soha mas’ullari, nazorat qiluvchi idoralarga ko‘rsatmalar belgilab berildi.

Teglar
- -