insurez
25-12-2024 15:51

Yangi imkoniyatlarni ishga solish choralari ko’rilmoqda


Qariyb 30 mlrd.so‘m. mablag‘ evaziga Bulung‘ur tumani “Zarafshon” agrofirmasi hududida 2000 gektar maydonni o‘zlashtirish uchun “Farmontepa” nasos inshooti barpo etildi.

Yer maydonlari 10 gektardan lotlarga ajratilib, auksion savdolari orqali o‘z egalarini topgan. Xo‘jamazgil mahallasi binosida bo‘lib o‘tgan muhokamada hududdan yer olgan fermerlar va qishloq xo‘jaligi tashkilotlari mas’ullari ishtirok etishdi.

Unda kartoshka, uzum, bog‘dorchilik ko‘chatlarini ekish, tomchilatib sug‘orish jarayonlarni yo‘lga qo‘yish borasidagi ishlarni hozirdan aniq rejalashtirish va qisqa fursatda boshlash masalalari muhokama qilindi.

Bunda elektr xarajatlarini kamaytirish maqsadida, 2025-yilda suv inshootiga ham 1 megavatt quvvatdagi quyosh paneli o‘rnatilishi, bu ham hududdan yer olgan dehqonlar foydasiga xizmat qilishi, yagona maqsad yerdan unumli foydalanish va imkon qadar yuqori daromad olish ekanligi ta’kidlandi.

Teglar
- -