Xitoylik investorlar Bulung‘urga taklif qilinmoqda
Xabar berganimizdek, ayni kunlarda Samarqand viloyati delegatsiyasi Xitoy Xalq Respublikasida bo‘lib turibdi.
Viloyatimizga chetdan investitsiyalarni keng jalb etish va eksportni oshirish maqsadida amalga oshirilgan xizmat safari davomida xitoylik tadbirkorlar bilan bir qator uchrashuvlar o‘tkazilmoqda.
Xususan, joriy yil 17-yanvar kuni Xitoyning Xangzhou shaxri Savdo-sanoat palatasi hamda Bulung‘ur tumani hokimligi hamkorligida biznes forum o‘tkazildi. Unda 100 ga yaqin xitoylik kompaniyalar ishtirok etdi.
Forum doirasida kelgusida O‘zbekiston-Xitoy savdo-iqtisodiy aloqalarini yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Jumladan, Bulung‘ur tumanida elektrotexnika sanoati, transport, logistika yo‘nalishlarida yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirish yuzasidan dastlabki kelishuvlarga erishildi.
Shuningdek, Xangzhou shaxridagi yirik investorlardan iborat delegatsiyaning Samarqand viloyatiga tashrifi shu yilning mart oyiga kelishib olindi.
Muzokaralar davom etmoqda…