Xalq deputatlari Bulung‘ur tuman Kengashining navbatdagi yettichi chaqiriq sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
Tuman hokimligi majlislar zalida o‘tgan sessiya ishida kun tartibidagi masalalarga aloqador hokim o‘rinbosarlari, tegishli tashkilot va muassasalarning rahbar va mas’ul xodimlari, tuman kengashi deputatlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.
Sessiya kun tartibida quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi:
1) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi PF-80-sonli Farmoni ijrosini ta’minlashda davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish to‘g‘risida.
2) Bulung‘ur tumanida 2025-yilda suv resurslaridan foydalanganlik va yer qa’ridan foydalanganlik uchun bazaviy soliq stavkalarini belgilash to‘g‘risida.
3) Tumanda 2025-yilda meliorativ obyektlarni ta’mirlash-tiklash yo‘nalishi bo‘yicha loyihalarni ko‘rib chiqish to‘g‘risida.
4) 2024-yil 5-avgustdagi O‘RQ-937-sonli “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining tumandagi ijrosi to‘g‘risida.
5) Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari tomonidan o‘z saylovchilari oldida axborot berish bo‘yicha tartibini tasdiqlash to‘g‘risida.
6) Xalq deputatlari tuman Kengashi sessiyalarida davlat organlari va tashkilotlarning mansabdor shaxslarining hisobot (axborot)larini eshitishning namunaviy tartibini belgilash to‘g‘risida.
7) Xalq deputatlari tuman Kengashi huzurida ekspert guruhini tashkil etish to‘g‘risida.
8) Xalq deputatlari tuman Kengashi tomonidan Kengash so‘rovini, tuman Kengashi deputati tomonidan deputat so‘rovi yuborish tartibini tasdiqlash to‘g‘risida.
9) Xalq deputatlari Bulung‘ur tuman Kengashining 2023-yil 28-dekabrdagi “Bulung‘ur tumanining 2024-yilgi mahalliy budjetning tasdiqlash to‘g‘risida”gi VI-93-133-7-93-K/23-sonli qaroriga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida.
10) Tuman mahalliy budjetining qo‘shimcha manbalaridan foydalanish to‘g‘risida.
Sessiya kun tartibida ko‘rib chiqilgan barcha masalalar atroflicha muhokama qilinib, yakunda tegishli qarorlar qabul qilindi.