Xalq deputatlari Bulung‘ur tuman Kengashining navbatdagi 107-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
Kengash raisi Samandar Astonov raisligida o‘tgan sessiya ishida tuman Kengashi deputatlari, kun tartibidagi masalalarga aloqador hokim o‘rinbosarlari, tashkilot rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.
Sessiya kun tartibida quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi:
1) Tumanni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar rahbarlarining 2024-yil 3-chorak davomida amalga oshirgan ishlari yuzasidan hisobotlari to‘g‘risida.
2) 2024-yil 3-chorak davomida hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar faoliyati, aholi muammolarini aniqlash va hal etish, eng ko‘p kelib tushayotgan va takroriy murojaatlar, hududdagi aholi kayfiyati to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Bulung‘ur tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri Sh.Narmatovning axboroti.
3) Tuman ichki ishlar boʻlimi boshligʻining jamoat xavfsizligi boʻyicha oʻrinbosari I.Salimovning 2024-yil o‘tgan 9 oy davomida tumanda jamoat xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida olib borilayotgan ishlar to‘g‘risidagi hisoboti.
4) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 7-martdagi “Xotin qizlarning tadbirkorligini yo‘lga qo‘yish va rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-122-sonli Qarorining tumandagi ijrosi to‘g‘risida tuman hokimining o‘rinbosari-oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i N.Mamadiyarovaning hisoboti.
5) Tuman mahalliy budjetining qo‘shimcha manbalaridan foydalanish to‘g‘risida.
6) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-yanvardagi “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida aholining biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashni yangi bosqichga olib chiqishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-39-sonli qororining tumandagi ijrosi haqida.
Sessiya davomida ko‘rilgan har bir masala deputatlar tomonidan atroflicha muhokama qilinib, yakunda tegishli qarorlar qabul qilindi.