insurez
23-08-2024 18:37

Xalq deputatlari Bulung‘ur tuman Kengashining navbatdagi 105-sessiyasi bo‘lib o‘tdi


Kengash raisi Samandar Astonov raisligida o‘tkazilgan sessiya ishida tuman kengashi deputatlari, kun tartibidagi masalalarga aloqador hokim o‘rinbosarlari va tashkilot rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.

 

Sessiya kun tartibida quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi:

1) Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi tuman bo‘limi boshlig‘i Z.Kasimovning tumanda Sud ijro hujjatlarining bajarilishi holati bo‘yicha hisoboti.

2) Fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari faoliyati, mahallalardagi dolzarb muammolar va ularning yechimlari, “Mahalla yettiligi” faoliyati bo‘yicha olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida O‘zbekiston Mahallalar uyushmasi tuman bo‘limi boshlig‘i X.Yegamberdievning hisoboti.

3) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatligiga saylov o‘tkazuvchi uchastka saylov komissiyalari a’zoligiga nomzodlarni tavsiya etish to‘g‘risida.

 4) Xalq deputatlari tuman Kengashi tomonidan deputatlarni dahlsizlik huquqidan mahrum qilishga oid masalani ko‘rib chiqish tartibini yanada tashkomillashtirish to‘g‘risida.

5) Tuman mahalliy budjetining qo‘shimcha manbalaridan foydalanish to‘g‘risida.

 

Kun tartibida ko‘rilgan barcha masalalar deputatlar tomonidan atroflicha muhokama qilinib, yakunda tegishli qarorlar qabul qilindi.

 

 

 

 

Teglar
- -