Xalq deputatlari Bulung‘ur tuman Kengashining navbatdagi 104-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
Tuman hokimligi majlislar zalida o‘tgan sessiya ishiga kengash raisi Samandar Astonov raislik qildi. Sessiyada kun tartibidagi masalalarga aloqador hokim o‘rinbosarlari, tashkilot va muassasa rahbarlari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.
Sessiya kun tartibida quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi:
1) Mahalliy budjet daromadlarining belgilangan prognoz ko‘rsatkichlari bajarilishini ta’minlash, hududning iqtisodiy o‘sish nuqtalarini inobatga olgan holda qo‘shimcha manbalarni aniqlash, soliq qarzlarini qisqartirish, ortiqcha to‘lovlarga yo‘l qo‘ymaslik borasida olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida tuman soliq inspeksiyasi boshlig‘i B.Isakovning hisoboti.
2) Tuman mahalliy budjet daromadlar va xarajatlarining birinchi yarim yillikdagi ijrosi to‘g‘risida tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i J.Narziyevning hisoboti.
3) Tumanda maktab ta’limi sifatini oshirishga qaratilgan vazifalarning bajarilishi, maktablarning 2024-2025 o‘quv yiliga tayyorgarligi borasida olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i v.v.b Z.Maxmudovning hisoboti.
4) Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashiga saylov o‘tkazish bo‘yicha okrug saylov komissiyalari a’zoligiga nomzodlarni tavsiya etish to‘g‘risida.
5) Bulung‘ur tuman mahalliy budjetining xarajatlar qismiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida.
6) Tuman mahalliy budjetining qo‘shimcha manbalaridan foydalanish to‘g‘risida.
7) Tumanda “Mening bog‘im” loyihalarini shakllantirish va moliyalashtirish tartibi to‘g‘risida.
8) Xalq deputatlari Bulung‘ur tumani Kengashi kotibiyatining ichki mehnat tartib qoidalari to‘g‘risida.
9) Xalq deputatlari Bulung‘ur tuman Kengashining 2024-yil 14-iyuldagi VI-102-67-7-93-K/24-sonli qarorining ijrosi to‘g‘risida.
Sessiya kun tartibida ko‘rilgan masalalar atroflicha muhokama qilinib, yakunda zaruriy qarorlar qabul qilindi.