Uch avlod vakillari uchrashganda...
Bulung‘ur tumani Fozil Yo‘ldosh mahallasida “Uch avlod uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi. Unda keksa avlod, o‘rta avlod hamda o‘sib kelayotgan yosh avlod vakillari jam bo‘lishdi.
Uchrashuv diltortar navolar, yodda qolarli suhbatlarga boy bo‘ldi. Xususan, so‘z olgan nuroniylar mamlakatimizda olib borilayotgan insonparvarlik siyosatini o‘zlari ko‘rgan yoshlik davrlari bilan taqqosladilar. Yoshlarga ta’lim-tarbiya olish, iqtidor va qiziqishlarini ro‘yobga chiqarishda yaratilgan keng ko‘lali sharoitlardan unumli foydalanish zarurligini ta’kidladilar.
Uchrashuv so‘ngida yoshlarga o‘z pand-nasihatlarini berib kelayotgan faol nuroniylar hamda yosh avlod vakillari tuman hokimligi, kasaba uyushmalari, “Nuroniy” jamg‘armasi tomonidan qimmatbaho esdalik sovg‘alari hamda tashakkurnomalar bilan taqdirlandilar.