TTB: Turkiyalik ekspertlar Bulung‘ur tuman tibbiyot birlashmasi tizimini raqamlashtirish hamda Tibbiy sugʻurta borasidagi ishlar bilan tanishdi
Hukumatning tegishli qaroriga muvofiq, shu kunlarda O‘zbekiston tibbiyotini transformatsiya qilish jarayoniga ko‘maklashish uchun turkiyalik mutaxassis Mehmet Uğurlu, Samarqand davlat tibbiyot universiteti hamda Sog’liqni saqlash boshqarmasi xodimlaridan iborat ishchi guruh tashkil qilingan.
Xorijiy ekspertlar ishtirokida tuzilgan ishchi guruh tizimdagi islohotlarni chuqurlashtirish, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini xalqaro standartlar darajasiga olib chiqish, sohada samaradorlikni oshirish hamda tibbiy sug‘urta tizimiga o‘tish maqsadida Bulung‘ur tumanidagi tibbiyot muassasalarida o‘rganishlar olib bormoqda.
Qayd etilganidek, tizimini raqamlashtirishda 4 ta asosiy maqsadli ko‘rsatkich — infratuzilma, axborot tizimlari, axborot xavfsizligi va kadrlar siyosati yo‘nalishlari belgilab olingan. Ushbu ko‘rsatkichlar doirasida yillar kesimida qilingan ishlar tahlil qilindi.
O’rganish so‘ngida chet ellik ekspertlar tibbiyot sohasini raqamlashtirish borasida Turkiya tajribasi haqida to‘xtalib, O‘zbekistonda mazkur yo‘nalishdagi harakat va rejalar o‘z samarasini berishiga ishonch bildirdi.