insurez
05-09-2024 09:52

“Tashabbusli budjet” g‘oliblariga ofarin!


“Tashabbusli budjet” jarayonlarining joriy 2024-yilgi 2-mavsumida Bulung‘ur tumani bo‘yicha fuqarolar tomonidan 95 ta loyiha ilgari surilib, ulardan 88 tasi ishchi guruh tomonidan saralab olindi.

 

Loyiha doirasda 10 mln. 479 ming so‘m mablag‘lar doirasida shu yilning 22-avgust kunidan 31-avgust sanasi kechki soat 23:59 ga qadar o‘tkazilgan ovoz berish bosqichi yakunlariga ko‘ra, 7 ta loyiha (44 233 ta ovoz to‘plagan holda) g‘olib deb topildi:

1.      “Xo’jabachcha” MFY Beshinchi qishlog'ining ichki yo'llarini asfalt qilish uchun Musurmonov Sirojiddinning uyi oldidan Maxmudov Abduhakim boboning uyigachaa 3 km yo'llarni asfalt qilish. (6 755 ta ovoz);

2.      Bulung‘ur tuman "O‘roqli" MFY joylashgan O‘roqli qishloq qabristoni binosini qayta qurish, ichki yo‘laklariga beton qoplamalar yotqizish, hududni to‘lliq devor bilan qoplash, qabristonga olib kiruvchi yo‘lni asfaltlash (6569 ta ovoz);

3.      Yuqori Qoʻshtamgʻali qishlogʻining ichki yoʻllarini asfalt qilish. (6511 ta ovoz);

4.      “Xo‘jamazgil” MFYda joylashgan ichki yo‘llarni asfalt qilish (6342 ta ovoz);

5.      Bulung'ur tumaniga qarashli 57-umumta'lim maktabga 120 o‘rinli qo'shimcha bino qurish (120 ta ovoz);

6.      Markaziy shifoxonaga (TQSH va O'QTKM hamda Tug'ruq uyiga) 2 ta  zamonaviy (elektr energiya bo'lmaganda qavatga borib to'xtaydigan) lift o'rnatish (6046 ta ovoz);

7.      Katta Oqtepa kanalidan “Changal-1” MFY Eshonqishlog'i tomon oqib o‘tadigan Albasit arig'ining 1600 metr joyini beton yoki lotoklashtirish,  12 -14 metr chuqurlikda bo'lgan 600 metr  qismiga 1 kubalik quvurlar o'rnatilib qazilish (5848 ta ovoz) kabi takliflari yetarlicha ovoz bilan g‘olib bo‘ldi.

 

Demak, 2-mavsum tashabbusli byudjet jarayoni yakunlariga ko‘ra, tumanda 4 dona ichki yo‘llarga asfalt yotqizish ishlari  hamda mavjud 1 ta umumiy o’rta ta’lim maktabi hududini zamonaviy ko‘rinishga keltirish ishlari amalga oshiriladi. Shuningdek, Markaziy shifoxonaga 2 ta zamonaviy lift o'rnatish, "Changal-1" mahallasida oqib o'tadigan Katta Oqtepa kanalida 1 ta "drenaj va ariq (zovur)larni tartibga keltirish bilan bog‘liq ishlari bajariladi.

 

Jarayonda faollik ko‘rsatgan barchaga minnaddorchlik bildiramiz!

 

Teglar
- -