So‘z yuritilgan yo‘l Bulung‘ur tumaniga tegishli emas
Samarqand viloyati hokimligining axborot so‘rovida Bulung‘ur tumani Farhod qishlog‘ida “sigaret fabrikasi”dan Shirin qishlog‘igacha bo‘lgan yo‘lning ahvoli ishga ketayotgan aholiga noqulaylik tug‘dirayotganligi bildirilib, holatga aniqlik kiritish so‘ralgan.
Holat yuzasidan shuni ma’lum qlish mumkinki, Bulung‘ur tumanida sigaret fabrikasi ham, Farxod, Shirin nomli qishloq nomlari ham mavjud emas. Shunga ko‘ra, mazkur yo‘lga aniqlik kiritishning imkoni bo‘lmadi.
Albatta, tumandagi barcha yo‘llarni ham talab darajasida deb bo‘lmaydi, hali qilinajak ishlarimiz bor. Ushbu yo‘llar yillar kesimida, dasturlar doirasida, ajratilgan mablag‘dan kelib chiqan holda, shuningdek, aholi faollik ko’rsatayotgan “Open budjet” dasturi doirasida ta’mirlanib kelinmoqda. Bu boradagi ishlar tizimli ravishda davom ettirib boriladi.