insurez
20-01-2025 13:33

Pirovard maqsad: aholining roziligi...


Aholi muammolarini o‘rganish va hal etish, bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish, migratsiyadagilar bilan manzilli ishlash kabi yo‘nalishlarda olib borilayotgan ishlar ahvolini o‘rganish hamda amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida tashkil etilgan Respublika ishchi guruhi Samarqand vilyatida bo‘lib turibdi.

Xususan, Bulung‘ur tumani hokimligida respublika ishchi guruhi vakillari B.Musurmonov hamda S.Razzoqov, viloyat 4-sektor rahbari E.Tolliyev, tuman hokimi S.Astonov boshchiligida viloyatdan biriktirilgan mas'ullar, tuman sektor rahbarlari, hokim o‘rinbosarlari, tegishli tashkilot va muassasalarning rahbarlari ishtirokida  uchrashuv o‘tkazildi. Unda mazkur ishchi guruh oldiga qo‘yilgan vazifalar, undan ko‘zlangan maqsad va kutilayotgan natijalar to‘g‘risida atroflicha ma’lumotlar berilib, kelgusi ishlar rejalashtirib olindi.

 

 

 

Teglar
- -