insurez
02-07-2024 12:35

Navbatdagi sessiyaga hozirlik ko‘rilmoqda


Xabar berilganidek (https://t.me/Bulungur_press/30329), joriy yilning 3-iyul kuni Xalq deputatlari Bulung‘ur tuman Kengashining navbatdagi bir yuz ikkinchi sessiyasi chaqirilmoqda.

Shu munosabat bilan ayni vaqtda tuman Kengashi doimiy komissiyalari tomonidan sessiya kun tartibiga qo‘yilgan masalalar soha mas’ullari ishtirokida atroflicha o‘rganilib, savollariga javoblar olishmoqda.

Kuzatilayotgan xato va kamchiliklar yuzasidan soha mas’ullariga tavsiyalar berilib, ma’lumotlarning to‘liq va ravon bo‘lishiga ahamiyat qaratish zarurligi ta’kidlanmoqda.

Teglar
- -