insurez
26-06-2024 15:51

Navbatdagi sessiya chaqirilmoqda


Xalq deputatlari Bulung‘ur tuman Kengashining navbatdagi bir yuz ikkinchi sessiyasini 2024-yil 3-iyul kuni soat 15:00ga tuman hokimligining majlislar zaliga chaqirilmoqda.

Sessiya kun tartibida jami 5 ta masala, jumladan tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Sh.Ibragimovning hisoboti, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-fevraldagi 79-sonli qarori ijrosini ta’minlash haqidagi, shuningdek Bulung‘ur tumanidagi ko‘chalarni nomlash va qayta nomlash to‘g‘risidagi masalalar ko‘rib chiqilishi rejalashtirilmoqda.

Teglar
- -