Kitobxonlar uchun xushxabar: Bulung‘ur tuman Axborot – kutubxona markazi uchun yangi bino quriladi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondi mablag‘larini boshqarish bo‘yicha Parlament komissiyasining qaroriga muvofiq, Bulung‘ur tumani Axborot – kutubxona markaziga yangi bino qurish uchun 2 mlrd. 400 mln. so‘m mablag‘ ajratilgan.
Bugun tuman markazidagi “Xumo” madaniyat va istirohat bog‘i hududa binoning qurilish ishlariga start berildi. Shu munosabat bilan bir jonliq qurbonlik qilinib, boshlanajak ishlar xayrli bo‘lishi so‘ralgan holda duoga qo‘l ochildi.
Qurilajak bino hozirgi mavjud “Yoshlar kutubxonasi” bilan yaxlit kompleksga aylantiriladi. Unda o‘quv zalidan tashqari ko‘zi ojizlar uchun va elektron kitoblar uchun sharoitlar yaratiladi.
Ma’lumot uchun, bugungi markazning kitoblar fondi qariyb 20 mingga yaqin bo‘lib, jami 15 nafar xodimlar faoliyat yuritishadi.