ILK QADAMNING DASTLABKI HISOBOTI
Xalq deputatlari Samarqand viloyati 12-Bulungʻur okrugi deputati Sultanov Tulkinjon Ibragimovich tomonidan Bulungʻur tumanida saylov oldi dasturlari va yoʻl xaritalarida koʻrsatilgan loyihalar boʻyicha bir qancha samarali ishlar amalga oshirilayotganligini yuzasidan 2025-yil 1-chorak boʻyicha hisobot berildi.
Hisobot berish uchun Bulungʻur tumani Fozil Yoʻldosh koʻchasi 9-son Musiqa maktab binosi anjumanlar zalida mahalla faollari, tuman hokimligi vakillari, tuman deputatlar kengashi vakillari va fuqarolar ishtirokida boʻlib oʻtdi.
Bulungʻur tumani Kattaqishloq mahallasining Qiyon, Ingichka, Tegirmon, Yangi qishloq Yangiariq mahallasi Xatcha va Yangiobod, Beshqo‘ton, Mingtepa mahallasining Do‘stlik, Bog‘bon, Olmazor mahallasining Yuqori Paxtaboshi, Kazarma, Mitan va Oqqovun, G‘o‘bdin mahallasining Navro‘z, Qorovultepa, G‘o‘bdin mahallasining Lalmikor va Qizilqo‘rg‘on hamda Samarqand, Ulug‘bek mahallasi aholi punktlarining ijtimoiy obyektlari yani maktab, MTT, mahalla idoralari, poliklinika va OSHPlarning texnik holati va moddiy texnik bazasi oʻrganib chiqilib, tegishli tashkilotlar tomonidan bartaraf etilishiga koʻmaklashdi. Shuningdek, fuqarolarning ijtimoiy ahvoli va oilaviy sharoitlariga ham alohida e’tibor qaratildi.
Bulungʻur tumanini kompleks rivojlantirish yuzasidan hukumat qarori bilan barchani tanishtirildi, shuningdek “Yashil makon” ummummilliy harakatida faol ishtirok etilishi yuzasidan ma’lumot berib borildi.
Tulkinjon Sultanov
Xalq deputatlari Samarqand viloyati 12-Bulungʻur okrugi deputati