insurez
03-07-2024 15:51

Hududlarni obod qilishda aholi takliflari tinglanmoqda


Shu kunlarda Bulung‘ur tumani bo‘ylab Islom taraqqiyot banki tomonidan moliyalashtirilayotgan “Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish” qo‘shma loyihasining ahamiyati va maqsadi hudud aholisiga tushuntirilib, fuqarolarning fikrlari asosida amalga oshiriladigan ishlar belgilab olinmoqda.

 

O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda BMT taraqqqiyot dasturi tomonidan amalga oshirilayotgan loyiha mamlakatimizning chekka hududlarida yashovchi aholining ijtimoiy-iqtisodiy turmush tarzini yaxshilashga qaratilgan.

 

Unga ko‘ra, Bulung‘ur tumanining Olmazor, Fozil Yo‘ldosh, Yangiobod, Yangiariq kabi mahallalarida ham ijtimoiy infratuzilma obyektlarini qurish va kapital ta’mirlash, kommunal sohadagi masalalarga yechim topish hamda yashil ish o‘rinlarini yaratish ko‘zda tutilgan.

 

Xususan, bugun Fozil Yo‘ldosh mahallasida o‘tgan tadbir davomida hudud aholisi yo‘l, elektr energiyasi, ichimlik suvi, maktab va poliklinikaga qo‘shimcha bino qurish kabi masalalar bo‘yicha o‘z takliflarini bildirishdi. Har bir loyiha bo‘yicha liderlar aniqlanib, yakunda mazkur loyihalar ovozga qo‘yildi.

Teglar
- -