insurez
11-12-2024 11:48

Gulzor mahallasi hududidagi tepalik yuzasidan o‘rganish olib borilmoqda


Samarqand viloyati hokimligi axborot xizmatining so‘rovida Bulung‘ur tumani Gulzor mahallasi hududidagi yodgorlik bo‘lib saqlanib kelayotgan “Oq bo‘rilar” filmidagi tepalikni buzib, tuprog‘idan g‘isht qilib sotib yuborilayotganligi yuzasidan holatga oydinlik kiritish so‘ralgan.

Holat yuzasidan tuman hokimligi, tuman prokuraturasi, tuman Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi bo‘limi mas’ullaridan iborat mas’ullar tomondan joyida o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Shuningdek, ishchi guruhga Madaniy meros agentligi viloyat boshqarmasi hamda Samarqand arxeologiya institutidan ham mutaxassislar jalb qilingan bo‘lib, hozirda o‘rganish ishlari davom etmoqda.

Holat yuzasidan barcha tegishli tashkilotlarning yakuniy xulosasi olinganidan so`ng, qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

Teglar
- -