insurez
30-07-2024 17:00

Fermerlarning muammosi hal etilib, rozi qilinmoqda


Ijtimoiy tarmoqlarda “Loviya endi chiqa boshlaganda, bank va tuman hokimligi xodimlari buzib ketdi”, sarlavhali videomurojaat tarqaldi.

Holat yuzasidan shuni ma’lum qilish mumkinki, Davlatimiz rahbari huzurida o‘tkazilgan selektr yig‘ilishlarida tumandagi banklarga biriktirilgan mahallalarda ishsiz aholiga ijaraga berilgan yer maydonlarida 10 gektardan kam bo‘lmagan hududda “Bir kontur – bir mahsulot” tamoyili asosida na’munali, yuqori daromad keltiruvchi mahsulot yetishtirishni tashkil etish bo‘yicha topshiriq berilgan.

“Agrobank” AJ tuman filialiga biriktirilgan 15 ta mahalla hududida 10 gektar yaxlit maydon faqat bitta konturda aniqlangan. Ushbu 10 gektarlik maydonning 3 gektarini auksion orqali bir nafar fuqaro tomonidan yutilgan bo‘lib, video murojaat qilgan uch nafar fuqaroga 1 yil muddatga og‘zaki kelishuvga asosan sotilgan bo‘lgan.

Soha mas’ullari tomonidan fuqarolarga ko‘proq daromad keltiruvchi bir turdagi mahsulot ekish zarurligi tushuntirilganda, ular gulkaram ekishni istashmagan va shu sababdan ularga o‘sha yerning yonidan (g‘alladan bo‘shagan maydondan) 3 gektarlik yer ajratib berilishiga kelishilgan.

Biroq, mazkur uch nafar fuqarolar gulkaram ekishga tayyorlangan mazkur 10 gektarlik yaxlit konturning 3 gektariga kechasi kelishib, loviya urug‘ini qadab ketishgan. Shundan so‘ng, bank va qishloq xo‘jaligi sohasi mas’ullari mazkur 10 gektarlik yerga yaxlit  gulkaram ekishgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan videomurojaatdan so‘ng, tuman hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari hamda bank xodimlari ushbu fuqarolar bilan uchrashishdi. O‘zaro suhbatda videolavhada aytilgani kabi 120 mln. so‘m emas, jami 19 mln. so‘m xarajat qilganliklarini, ushbu xarajaat qoplab berilgan taqdirda e’tirozi yo‘qligini bildirishdi.

Hozirda ushbu fuqarolar tomonidan qilingan xarajatni qoplab berish, shuningdek, boshqa hududdan yer ajratib berish chorasi ko‘rilmoqda.

Shuningdek, og‘zaki kelishuv asosida yerni bir yilga ijaraga bergan fuqaroga ushbu holatning huquqiy oqibatlari yuzasidan tushunchalar berildi.

 

Teglar
- -