insurez
04-07-2024 18:22

Erganakli mahallasida sayyor qabul o‘tkazildi


Erganakli mahallasidagi 35-maktabda mahalla aholisi va yoshlar uchun tuman hokimi, 1-sektor rahbari S.Astonov hamda tumandagi Xalq qabulxonasi rahbari Sh.Narmatov ishtirokida navbatdagi sayyor qabul bo'lib o'tdi.

 

Uchrashuv avvalida mahallada bundan oldin o'tkazilgan qabulda buldirilgan murojaatlarning ijro natijalari to'g'risida mas'ullarning hisobotlari tinglandi

 

Shundan so'ng, ichimlik suvi, elektr ta'minoti, tibbiy yordam, piyodalar yo‘lakchasi, uy-joy ta'mirlash kabi masalalarda bildirilgan murojaatlar qabul qilinib, ijrosi yuzasidan vazifalar belgilandi.

 

Uchrashuv so'ngida aholi tomorqasidan unumli foydalanish, ekin ekilmagan yer maydoni qolmasligi zarurligi ta'kidlandi.

 

Teglar
- -