insurez
03-01-2025 11:14

Davlat fuqarolik xizmatchilari uchun "Siyosiy-ma’rifat soati" bo‘lib o‘tdi


Bulung‘ur tumani hokimligida o‘tgan navbatdagi "Siyosiy-ma’rifat soati"da tuman hokimligi apparat xodimlari hamda mahallalardagi hokim yordamchilari ishtirok etishdi.

 

Unda bugungi kunda mahallalarda aholi bandligini ta’minlash, kambag‘al oilalarga daromad manbai yaratish va ijtimoiy murakkab vaziyatdan chiqarish borasida belgilangan vazifalar to‘g‘risida ma’lumotlar berib o‘tildi.

 

Shuningdk, bu borada hokim yordamchilarining mas’uliyatiga to‘xtalib, zaruriy vazifalar belgilab berildi. O‘z ishiga sovuqqon munosabatda bo‘lib kelayotgan ayrim hokim yordamchilarining lavozimda qolish masalasi ko‘rib chiqilishi ta’kidlandi.

 

 

Teglar
- -