Choravachilik borasidagi kamchiliklar bartaraf etiladi
“Bulung‘ur hayoti” gazetasining joriy yil 18-apreldagi №11 sonida “Choravachilikka e’tibor shumi?” Sarlavhali maqola e’lon qilindi. Hammualliflikdagi maqolaning mualliflaridan biri ayni shu sohaga mas’ul bo‘lgan Bulung‘ur tumani Veterenariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limining Choravachilikda naslchilik ustidan davlat nazorati bo‘yicha bosh mutaxassisi Ohunjon Xudoynazarov bo‘lib, aslida muxbir savolni ushbu tashkilotga, ushbu xodimga berishi va undan izoh olishi maqsadga muvofiq bo‘lar edi.
Xo‘p, soha mas’uli borib o‘rganibdi, kamchiliklar aniqlanibdi. Vaziyat qoniqarsiz ekan, uni yaxshilash borasida qanday choralar ko‘rilganligi qiziq. Maqolada aytilganidek, “Olma pish, og‘zimga tush”, degan bilan ish bitmaydi. Bizningcha, mas’ul xodim OAV orqali yozg‘irish o‘rniga kamchiliklarni baratarf etish yuzasidan zaruriy choralarni ko‘rishi, shu maqola davomida ko‘rilgan choralarni ham keltirib o‘tishi lozim edi.
Biz soha mas’ullari bilan bog‘landik. Masalani joyida o‘rganib, tegishli ma’lumotlarni oldik...
Tumanda 2025 yil 1 aprel holatiga chorvachilik bilan shug‘illanuvchi 41 ta xo‘jaliklar mavjud bo‘lib, shundan 40 tasi fermer xo‘jaligi 1 tasi oilaviy korxona. Ushbu xo‘jaliklarda jami 2505 bosh qoramollar, shundan 866 bosh sigirlar bo‘lsa, 1195 bosh qo‘y-echkilar va 53 bosh yilqilar parvarishlanmoqda. Chorvachilik xo‘jaliklari tomonidan 2025 yil 1 chorak yakunlari holatiga 927 tonna sut va 88.3 tonna go‘sht yetishtirilgan. Chorvachilik xo‘jaliklariga ozuqa yetishtirish uchun jami 621.5 gektar, shundan 541 gektar sug‘oriladigan yer maydonlari ajratilgan.
Xususan, tumanning "Mirzo Ulug‘bek" massivida joylashgan “Rashidov” fermer xo‘jaligiga 10.8 gektar yer maydoni fermer xo‘jaligida parvarish qilinayotgan jami 60 bosh qoramollarga ozuqa ekinlari yetishtirish uchun ajratilgan. Ushbu fermer xo‘jaligi go‘sht yo‘nalishiga ixtisoslashgan bo‘lib, chorva mollarini saqlab kelayotgan binolar tamirtalab axvolga kelib qolgan shu sababli xo‘jalik rahbariga chorva binolarini to‘liq veterinariya va sanitariya talablari asosida tamirlash bo‘yicha topshiriq berildi.
Xuddi shunday, tumanning "Zarafshon" massivida joylashgan “Ravotxo‘ja” fermer xo‘jaligiga 21.8 gektar yer maydoni fermer xo‘jaligida parvarish qilinayotgan jami 85 bosh qoramol, shundan 36 bosh sigirlarga ozuqa ekinlari yetishtirish uchun ajratilgan. Fermer xo‘jaligida chorva mollarini saqlash uchun foydalanib kelinayotgan 3 ta molxona binolari 2012 yilda qurilgan bo‘lib bugungi kunda xaqiqatda tamirtalab axvolga kelib qolgan. Shu sababli fermer xo‘jaligi rahbariga chorva mollari saqlanadigan binolar veterinariya sanitariya talablariga javob berishi lozimligi tushintirildi. Fermer xo‘jaligi tomonidan xo‘jalikning texnik bazasini mustaxkamlash maqsadida 2023 yilda bank krediti xisobidan texnikalar sotib olgani va chorvadan olayotgan daromadining bir qismini ushbu kredit mablag‘ini to‘lashga sarflab kelayotganligi ma’lum bo‘ldi. Shu sababli ayni paytda ushbu binolarni tamirlash choralari ko‘rilishi va 2026 yilda zamon talablariga mos qilib to‘liq qayta qurilshi belgilab olindi.