insurez
26-12-2024 10:27

Bulung‘urda yangi avtoturargoh barpo qilinmoqda


Bulung‘ur tumani markazida avtomobillar harakati tobora tartibsiz tus olib, haydovchilarga ham, piyodalarga ham ko‘plab noqulayliklar yuzaga keltirmoqda. Mazkur holatni tartibga olish, barchaga birdek qulaylik yaratish maqsadida avtotrurgoh tashkil etish loyihasi ustida ishlar boshlab yuborilgan.

 

“Bulung‘ur buyum bozori” MChJning orqa tomonida mahalliy tadbirkorlar tomonidan qariyb 1 gektar yer maydonida avtoturargoh tashkil etilmoqda. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, hudud yo‘nalishlar bo‘ylab doimiy qatnovdagi transport vositalaridan tashqari yana 400 ta avtomobillarning doimiy to‘xtab turishi quvvatiga ega bo‘ladi.

Shuningdek, hududda birlamchi ehtiyoj uchun zarur bo‘lgan nonvoyxona, sartaroshxona, tozalash xizmati (ximchistka) kabi maishiy xizmat ko‘rsatish nuqtalari ham tashkil etiladi. Mavjud daraxtlarning soyasidan ham unumli foydalanish, jumladan kutuvchilar uchun o‘rindiqlar tashkil qilish ko‘zda tutilgan.

Ma’lumot uchun, hozirda 20 ta taksi yo‘nalishlari mavjud bo‘lib, ularning sonini 24 taga yetkazish rejalashtirilmoqda. Avtoturargohga kirish-chiqish faqat bir tomonlama tashkil etiladi. Hudud to‘liq videokuzatuv vositalari bilan jihozlanadi.

Avtoturargoh tashkil etilishi natijasida tuman markazi bo‘ylab yo‘l chetlarida yo‘nalishli va yo‘nalishsiz taksilarning to‘xtab turishiga butunlay barham beriladi.

Teglar
- -