insurez
15-10-2025 10:37

Bulung’ur tuman 2025-yil 3-chorak yakunlariga ko‘ra jamoatchilik fikri asosida shakillangan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltirilgan mablag‘lar va bajarilgan ishlar to‘g‘risida Hisoboti


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-apreldagi “Budjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta‘minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5072-son qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 30-yanvardagi “Tashabbusli byudjet jarayonlarini o‘tkazish hamda moliyalashtirish tartibi to‘g‘risida”gi KQ-666-IV-sonli qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida asosan “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi” shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga 2025-yil 1-yanvar holatiga erkin qoldiq mablag‘laridan 1580,0 mln.so‘m, tuman mahalliy budjetining parametrlaridan 16 188.0 mln.so‘m mablag‘lar Xalq deputatlari tuman Kengashining qarorlariga asosan o‘tkazilishi ta’minlandi. 2025-yil 15-sentabr holatiga Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasida shakillangan mablag‘ 18 495, 0 mln.so‘m mablag‘ni tashkil etadi.

“Ochiq budjet” axborot portali 2025-yil 1-mavsumda 4 bosqichda amalga oshirildi:

1-bosqichda fuqarolar tomonidan “Ochiq Budjet” axborot portaliga loyiha takliflari joylashtirildi. Bu jarayon joriy yilning 1-fevraldan 21-fevralgacha davom etdi. Fuqarolar tomonidan shu vaqt oralig‘ida 110 ta takliflar kelib tushdi.

2-bosqichda 21-fevraldan 7-martgacha davom etdi. Bunda ishchi guruh tomonidan takliflarning mezonga mosligi o‘rganildi. Bunda 97 ta takliflar ovoz berish uchun yakuniy bosqichga o‘tkazildi, qolgan 13 ta taklif mezon talablariga to‘g‘ri kelmaganligi va bir-birini takrorlaganligi sababli rad javobi berildi va taklif bergan fuqarolarning shaxsiy kabinetiga rad etishning sabablari to‘g‘risida xabarnomalar yuborildi.

3-bosqich 8-martdan 10-martgacha davom etdi. Bu jarayonda Targ‘ibot ishlari olib borildi.

4-bosqich 11-martdan 21-martgacha davom etdi. Bu jarayonda tumanimizning 81 927 mingdan ortiq fuqarolari o‘zlariga ma’qul bo‘lgan taklifga ovoz berib faol ishtirok etishdi.

Shuningdek “Fuqarolar tashabbusi” jamg‘armasida shakllangan mablag‘lar hajmidan kelib chiqib eng ko‘p ovoz to‘plagan 12 ta taklif 64 160 ta ovoz to‘plab 17 996.8 mln so‘m bilan g‘olib deb topildi. Joriy yil 1-sentabr xolatiga 12 ta taklifdan 8 ta loyiha to‘liq foydalanishga topshirilidi, qolgan 4 ta loyihada qurilish ta’mirlash ishlari davom etmoqda.

“Ochiq budjet” axborot portal 2025-yil 2-mavsumda 4 bosqichda amalga oshirildi:

1-bosqichda fuqarolar tomonidan “Ochiq Budjet” axborot portaliga loyiha takliflari joylashtirildi. Bu jarayon joriy yilning 15-iyuldan 3-avgustgacha davom etdi. Fuqarolar tomonidan shu vaqt oralig‘ida 76 ta takliflar kelib tushdi.

2-bosqichda 4-avgustdan 18-avgustgacha davom etdi. Bunda ishchi guruh tomonidan takliflarning mezonga mosligi o‘rganildi. Bunda 69 ta takliflar ovoz berish uchun yakuniy bosqichga o‘tkazildi, qolgan 7 ta taklif mezon talablariga to‘g‘ri kelmaganligi va bir-birini takrorlaganligi sababli rad javobi berildi va taklif bergan fuqarolarning shaxsiy kabinetiga rad etishning sabablari to‘g‘risida xabarnomalar yuborildi.

3-bosqich 19-avgustdan 21-avgustgacha davom etdi. Bu jarayonda Targ‘ibot ishlari olib borildi.

4-bosqich 22-avgustdan 31-avgustgacha davom etdi. Bu jarayonda tumanimizning 36 131 mingdan ortiq fuqarolari o‘zlariga ma’qul bo‘lgan taklifga ovoz berib faol ishtirok etishdi.

Shuningdek “Fuqarolar tashabbusi” jamg‘armasida shakllangan mablag‘lar hajmidan kelib chiqib eng ko‘p ovoz to‘plagan 12 ta taklif  34 209  ta ovoz to‘plab  17 696.4 mln so‘m bilan g‘olib deb topildi.

1-o‘rin 3532 ta ovoz bilan Bulung’ur tumanidagi Sayiltepa mahallasi ichki yoʼllariga asfalt qoplash tashabbusi;

2-o‘rin 3393 ta ovoz bilan Bulung’ur tuman Bulung‘ur tumani 13-sonli umumta’lim maktabi moddiy texnik bazasini rivojlantirish tashabbusi;

3-o‘rin 3336 ta ovoz bilan Bulung’ur tumani Bulung'ur tuman 1-politexnikumiga avto mashq, zamonaviy (Avtodrom) maydonini qurish va ta'mirlash tashabbusi;

4-o‘rin 3309 ta ovoz bilan Bulung‘ur tumanidagi Kaptarxona MFY Chanbiltepa qishlogʼi ichki yoʼllarini Аsfalt qilish tashabbusi;

5-o‘rin 3181 ta ovoz bilan Bulung‘ur tumanidagi Bulung‘ur tumanidagi 65-umum oʻrta ta’lim maktabiga qoʻshimcha bino qurish tashabbusi;

6-o‘rin 3067 ta ovoz bilan Qo‘ng‘irot MFYda joylashgan Qoraqo‘ng‘irot qishlog‘i Ichki ko‘chalariga Asfalt yotqizish tashabbusi;

7-o‘rin 2964 ta ovoz bilan Bulung’ur tuman Qo‘ng‘irot MFYda joylashgan Ichki ko‘chalariga Asfalt yotqizish tashabbusi;

8-o‘rin 2778 ta ovoz Bulung’ur tuman Qo‘ng‘irot MFYda joylashgan Kattaqo‘yonchi qishlog‘i Ichki ko‘chalariga Asfalt yotqizish tashabbusi;

9-o‘rin 2700 ta ovoz bilan Bulung’ur tuman Bulungʻur tumani 5-umumiy oʻrta taʼlim maktab filiali oʻquv binosining tashqi va ichki qismini taʼmirlash, oʻquv xonalarini pol qilish, isitish tizimini yangilash, binogacha boʻlgan 100 metr yoʻlni asfaltlash, bino atrofini devor bilan yopish va mini sun’iy qoplamali stadion qurishtashabbusi;

10-o‘rin 2517 ta ovoz bilan Bulung’ur tuman Dehqonobod mahallasida joylashgan Beshariq oilaviy poliklinikasini mukammal ta’mirlash tashabbusi;

11-o‘rin 1996 ta ovoz bilan Bulung’ur tuman Elobod MFYda joylashgan ichki koʼchalariga asfalt yotqizish tashabbusi;

12- o‘rin 1436 ta ovoz bilan Bulung‘ur tuman O'roqli mahallasi ichki ko'chalarini asfalt qilish. tashabbuslari g‘olib ded topildi.

Ichki yo‘llarini asfaltlashtirish bo‘yicha 7 ta, umumta’lim maktablarini  tamirlash bo‘yicha 4 ta va sog‘liqni saqlash bo‘yicha 1 ta tashabbuslar g‘olib deb topildi. Byurtmachi tashkilotlar tomonidan loyihachi tashkilotlarni aniqlash uchun elonga chiqarilgan.

Tashabbusli budjetlashtirish jarayoninining 2025-yil 2-mavsumida maxalliy budjetdan 15 100,0 mln so‘m mablag‘lar rejalashtirilgan va byurtmachi tashkilotlarga manzilli dasturga asosan o‘tkazib berilgan.

Teglar
- -