Bulung‘ur dehqon bozor va uning atrofini tartibga oish choralari ko‘rilmoqda
Samarqand viloyati hokimligi axborot xizmatining so‘rovida Bulung‘ur tumanidagi dehqon bozori va uning atrofida sotuvchi va xaridorlar uchun sharoit yaratilmagani, iste’mol mahsulotlari talabga javob bermayotgan sharoitda sotilayotgani, yangi bozor qurilishi bo‘yicha hokimlik va’dasi bajarilmayotgani, ushbu kamchiliklar qachon bartaraf etilishi so‘ralgan.
Bugungi kunda “Bulung‘ur dehqon bozori” MChJ hududida bo‘sh savdo rastalari mavjud bo‘lib, ayni vaqtda ko‘chada savdo qilayotgan “tadbirkor”larning ham barchasi uchun yearlicha quvvatga ega. Ammo, tegishli soha mas’ullari tomonidan olib borilayotgan tushuntirish-targ‘ibot ishlariga qaramasdan, ularning ayrimlari yo‘l chetida, avtomobillar va piyodalar hrakatiga xalal bergan holda savdo qilishni ma’qul ko‘rishmoqda. Bu borada tegishli tashkilotlar tomonidan olib borilayotgan targ‘ibot ishlari davom ettirilib, tuman markazida ko‘cha savdosiga butunlay barham berish choralari ko‘rilmoqda. Xususan, shu maqsadda, “Bulung‘ur buyum bozori” MChJning orqa tomonidan yangi avtoshoxbekat tashkil etilib, ishlamay turgan imkoniyatlar ishga solinganligini ta’kidlash lozim.
Qayd etish kerakki, tuman markazidagi bozor maydoni 0.88 ga bo‘lib, hududda 36 ga 36 maydonda yangicha savdo rastalari tashkil etish loyiha taklifi, bundan tashqari, tumanning Oqtepa mahallasida ham qariyb 2,80 ga. yer maydonida zamonaviy qiyofadagi bozor tashkil etish loyiha taklifi ishlab chiqilgan bo‘lib, hozirda tasdiqlash jarayonida.
Bozor hududida sotilayotgan oziq-ovqat mahsulotlarining savdosini mavjud sanitariya talablari asosida tashkil etish borasida tuman Sanitariya epidemiologiya osoyishtaligi markazi tomonidan tushuntirish-targ‘ibot ishlari amalga oshirilib kelinmoqda. Bu boradagi ishlar kelgusida yanada jonlantirilib, zarur bo‘lsa tegishli tartibda chora ko‘rib borish vazifalari belgilab olindi.