insurez
05-08-2024 18:52

Bosh maqsad - xalqimizning roziligi, yurtimiz obodligi!


Bulung‘ur tumanidagi mahallalarda aholi kayfiyati va infratuzilma bilan bog‘liq eng dolzarb masalalarni hal etish Dasturi ishlab chiqilgan bo‘lib, bir qancha muammolarni hal etish yuzasidan vazifalar belgilangan.

 

Tuman hokimi Samandar Astonov soha mas’ullari ishtirokida joyiga chiqib, amalga oshirilshi lozim bo‘lgan vazifalar ijrosi bilan yaqindan tanishdi. Hudud aholisi, ijtimoiy soha rahbarlari, mahalla mas’ullari bilan suhbatlarda aholini qiynayotgan masalalar, kelgusi vazifalar muhokama qilindi.

 

Jumladan, Dastur doirasida tumanda quyidagi ishlar amalga oshirilishi belgilangan bo‘lib, ishlar boshlab yuborilgan:

1. Tuman hududidagi 7 ta mahallalarda jami uzunligi 5 km. ichki yo‘llarga asfalt yotqizish (“Samarqand” MFYda 1,0 km, “Fozil Yo‘ldosh” MFYda 0,5 km, “Yangiariq” MFYda 1,0 km, “Bo‘dana” MFYda 0,5 km, “Kildon” MFYda 0,8 km, “Mingchinor” MFYda 0,7 km va “Ulug‘bek” MFYda 0,5 km);

2. Elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida 9,3 km tarmoq tortish hamda 3 dona transformator (“Fozil Yo‘ldosh” MFYda 1 dona transformator va 6,3 km. tarmoq, “Mirzaariq” MFYda 1 dona transformator va 1 km. tarmoq hamda “Qirqshodi” MFYda 1 dona transformator va 2 km. tarmoq) yangidan qurish va rekonstruksiya qilish;

3. Aholi xonadonlaridan qaytgan yaroqsiz maishiy gaz ballonlarini ta’mirlash va yaroqsiz holatga kelgan jo‘mraklarni almashtirish uchun 1000 dona jo‘mraklar xarid qilish;

4. Tumandagi Istiqlol mahallasi Farxod qo‘rg‘onidagi mavjud suv inshootini rekonstruksiya qilish va 2,5 km yangi tarmoq tortish hamda Erganakli mahallasi G‘azalkent ko‘chasida 1 dona suv inshootini qurish va 4 km tarmoq tortish;

5. Tumandagi Gulobod mahallasida 16-sonli maktab hamda Mingchinor mahallasidagi 23-sonli DMTTni joriy ta’mirlash belgilangan.

 

 

 

 

 

 

 

Teglar
- -