Bir yilda 4 martagacha pilla parvarishlanadi, har bir kilogrami uchun subsidiya ajratiladi...
12.02.2022 - 15:14Ma’lumki Bulung‘ur tumani qishloq xo‘jaligi rivojlangan, qishloq xo‘jaligida sanoat sohasi tobora rivojlanayotgan tumanlardan biri sanaladi. Shu sababdan ham tumanda qishloq xo‘jaligiga alohida e’tibor qaratiladi. Sababi, bugungi oziq-ovqat xavfsizligi haqida so‘z yuritilayotgan bir pallada tumanning bu borada viloyatdagi ulushi ham salmoqli ekanligi hech kimga sir emas. Tumanda qishloq xo‘jaligidagi ishlar qay ahvolda? Sohadagi islohotlar joylarga yetib boryaptimi?