Oqova suvni tozalash tizimida sifat jihatidan yangi bosqichga o‘tish choralari ko‘rilmoqda
29.12.2021 - 22:25Bulung‘ur tumani markazida oqova suv masalasi ko‘p yillik muammolardan biri bo‘lib kelmoqda. Xususan, tumandagi Navbahor mahallasida 25 sotix maydonda joylashgan “Samarqand suv ta’minoti” MChJ Bulung‘ur tumani filiali markaziy oqova suv tozalash inshooti 240 metr kub suvni qabul qilishga mo‘ljallangan bo‘lsada, amalda 400 metr kub suv qabul qilmoqda.