Hafta davomidagi dolzarb vazifalar belgilab olindi

Bulung‘ur tumani 1-sektor shtabida navbatdagi muhokama yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Tuman hokimi S.Astonov huzurida o‘tgan muhokamada hokim o‘rinbosarlari, tumandagi tashkilot va muassasalarning rahbarlari ishtirok etishdi.

 

Jarayon davomida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi vazifalar ijrosi, ta’lim muassasalarida o‘quvchilarning davomadi, tumanda aloqa sifatini yaxshilash borasida ko‘rilayotgan choralar, “Davlat tili haqida”gi Qonunning 20-moddasi hamda “Reklama to‘g‘risida”gi Qonnuning 6-moddasi, og‘ir toifadagi yoshlar bilan ishlash, aholi tomorqasidan unumli foydalanish, shuningdek, umumiy foydalanishdagi jamoat oraliq bekatlarining bugungi ahvoli to‘g‘risidagi masalalar ko‘rib chiqildi.

Xususan, Fozil Yo‘ldosh, Bulung‘ur shoh, Forobiy, O‘zbekiston va O‘zbekiston 1-tor ko‘chalarida 460 ga yaqin reklama peshlavhalari o‘rnatilgan bo‘lsa, shundan 65 tasining yaroqlilik muddati o‘tgan, 47 tasi simyog‘ochlarga, 28 tasi daraxtlarga, 116 tasi piyodalar yo‘laklariga, 204 tasi binolarning fasad qismiga ruxsat berilmagan bo‘lsa-da tartibsiz joylashtirilganligi aniqlanganligi, bu kabi holatlarga jamoatchilik faollarining befarq ekanligi tanqid qilinidi.

Muhokama davomida kun tartibida ko‘rilgan har bir masala yuzasidan zaruriy vazifalar belgilab berildi.

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM