“Ombudsman maktabi” loyihasi Bulung‘urning olis hududida

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)ning Samarqand viloyatidagi mintaqaviy vakili tomonidan “Aholini ijtimoiy himoya qilish hamda qo‘llab-quvvatlashda davlat organlari va tashkilotlarining o‘rni” mavzusida “Ombudsman maktabi” loyihasini olis mahallalarda amalga oshirish belgilangan.

Ushbu loyihada bugungi kunda aholini qiynab keladigan muammolarni xal qilishda yordam beradigan 14 ta kerakli bo‘lgan davlat idoralari va tashkilotlari jalb qilingan bo‘lib, asosiy maqsad olis hududdagi mahallalarga borishdan oldin har bir tashkilot o‘zlarining yo‘nalishlari bo‘yicha muammoli ma’lumotlarni mahalla faollari yettiligidan olib, yechimi bo‘yicha o‘zlariga vazifa qilib belgilab olish. Bundan tashqari, tadbir bo‘ladigan sanada muammosi bor fuqarolar bilan uchrashib, ularni qiynab kelayotgan muammolarini yechimi bilan shug‘ullanish masalasi belgilangan.

Mazkur loyihaning navbatdagi manzili Bulung‘ur tumanining olis chegara hududlaridan bo‘lgan Xo‘jamazgil mahallasida tashkil etildi. Unda Ombudsmanning mintaqaviy vakili D.Xusanov, viloyat hamda tuman darajasidagi mas’ullar ishtirok etishib, aholi tomonidan bildirilgan murojaat va takliflarni qabul qilishdi.

Tadbir davomida bildirilgan murojaatlar ro‘yxatga olinib, ijrosi qat’iy nazoratga olindi. Shuningdek, tadbir davomida aholiga shu joyning o‘zida sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatilib, ko‘pchilikning uzog‘i yaqin qilindi.

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM