Suv tejashning ilg‘or texnologiyalarini joriy etish bugunning dolzarb masalalaridan biri

Suv resurslaridan oqilona foydalanish bugun tobora dolzarb ahamiyat kasb etib bormoqda. Davlatimiz rahbarining joriy yil 5-yanvardagi “Quyi bo‘g‘inda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5-sonli qarori ham mazkur jarayondagi muammolar ko‘lamining oldini olishga qaratilgan.

Bulung'ur tumani hokimligi majlislar zalida o‘tgan seminarda tuman hokimi S.Astonov, Suv xo‘jaligi vazirligi mas’ul xodimi Sh.Imamaliyev, Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari A.Suyunov, ATB Agrobank, qishloq va suv xo‘jaligi mas’ullari, tumandagi barcha klaster va fermer xo‘jaligi rahbarlari ishtirok etishdi.

Unda suv ta’minoti sohasidagi dolzarb loyihalar, shu jumladan, suvni tejashning ilg‘or texnologiyalarini joriy etish, suv resurslaridan samarali foydalanish, shuningdek, suv resurslari sarfini o‘lchash usullari va "suvkredit.uz" platformasi bo‘yicha batafsil tushunchalar berildi.

 

 

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM