Ta’lim tizimidagi kamchiliklar tahlil qilindi

Bulung‘ur tumani hokimligida umumta’lim maktablari hamda davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining direktorlari hamda ularning xo‘jalik ishlari bo‘yicha o‘rinbosarlari ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi.

Tuman hokimi S.Astonov huzurida o‘tgan muhokamada sohadagi erishilgan natijalar bilar bir qatorda mavjud kamchiliklar tahlil qilinib, kelgusi vazifalar belgilab olindi.

Xususan, o‘qituvchilarning ma’lumoti, malaka toifasi, bitiruvchilarning OTMlariga qamrovi, bandligi darajasi, “Mobil metodik guruh”lar faoliyati tahlil qilindi.

Misol uchun, 2022-2023 o‘quv yilida tuman bo‘yicha umumta’lim muassasalarini 2434 nafar 11-sinf bitiruvchilaridan 2251 nafari (92,4%) davlat oliy ta’lim muassasalariga hujjat topshirgan. Davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish ko‘rsatkichi 582 nafar (23.9%) ni tashkil qildi. Ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha tumanda 69-, 42-, 60-, 27-, 39-maktablar eng yuqori o‘rinlarni egallagan bo‘lsa, 66-, 24-, 34-, 68-, 28-, 58-, 33-, 48-, 54-, 40-maktablar eng quyi ko‘rsatkichlarni qayd etgan.

Shuningdek, muhokama davomida o‘quvchilarning ma’naviy kamoloti borasidagi vazifalar ham dolzarb ekanligi, bunda tumandagi 22-, 23-, 38-, 55-maktab o‘quvchilarining xulqi borasidagi bo‘shliqlar barchaga ibrat bo‘lib, bu borada zaruriy choralar amalga oshirilishi lozimligi ta’kidlandi.

Bundan tashqari, ta’lim muassasalarida qishki mavsumga tayyorgarlik borasidagi ishlar ahvoli tahlil qilinib, mavjud kamchiliklar to‘g‘risida bo‘lim rahbariyati va tuman hokimligi darhol ogohlantirishi hamda tezda zaruriy choralarni ko‘rib borish lozimligi bildirildi.

        

 

 

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM