Tibbiyot tizimidagi kamchiliklarni bartaraf etish choralari belgilandi

Samarqand shahridagi “Yoshlar markazi” binosining katta majlislar zalida viloyat hokimi E.Turdimov rahbarligida sog‘liqni saqlash tizimidagi muammolar va ularning yechimlariga bag‘ishlangan muhokama bo‘lib o‘tdi. Unda tuman studiyalaridan ham sektor rahbarlari, sohaga aloqador mas’ullar, tibbiyot tizimi rahbarlari ishtirok etishdi.

 

Muhokama davomida sohada kuzatilayotgan kamchiliklar tanqidiy tahlil qilindi. Xususan, eng ko‘p uchrayotgan kasalliklar hududlar kesimida tahlil qiinib, ularning yechimi yuzasidan amaliy choralar ko‘rilishi lozimligi ta’kidlandi. Qon aylanish tizimi kasalliklari, qandli diabet  kasalliklari, o‘pkaning surunkali kasalliklari, xavfli o‘smalar  kasalliklari, qon va qon yaratish kasalliklari, immun mexanizmiga aloqador (kamqonlik) kasalliklar, suyak mushak tizimi kasalliklari bugungi kunda nisbatan keng uchrayotganligi ta’kidlandi.

 

Shuningdek, viloyatimizda dorixonalar sonining kundan-kunga katta suratda ortib borayotganligi, shifokorlar tomonidan bemorlarni davolash uchun belgilangan standartga asosan retsept blankalariga yozmasdan, aksincha xususiy sektordagi firma blankalariga yozib berilayotganligi tanqid ostiga olindi.

 

Sohadagi kamchiliklarni pastdan aniqlash va ularga ijobiy yechim topsh maqsadida viloyatdagi tuman (shahar)larga viloyat darajasidagi tizim mas’ullar biriktirildi. Xususan, Bulung‘ur tumaniga Samarqand davlat tibbiyot universiteti rektori Rizaev Jasur Alimdjanovich mas’ul sifatida biriktirildi.

 

Muhokama so‘ngida tuman hokimi Samandar Astonov boshchiligida tumandagi tibbiyot, farmasevtika, xususiy tibbiyot muassasalari rahbar va mas’ullari ishtirokida tizimida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan dolzarb vazifalar belgilab olindi.

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM