Mahalla menga hech narsa bermadi...

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Bulung‘ur tumanidagi Xalq qabulxonasida navbatdagi murojaatlar qabuli bo‘lib o‘tdi. Unda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari tuman hokimi S.Astonov, hokim o‘rinbosari N.Mamadiyarova, 4-sektor rahbari A.Kulmirzayev, Xalq qabulxonasi mudiri Sh.Narmatovlar tomonidan qabul qilindi.

 

Qayd etish lozimki, taqdirlar turfa. Shunga ko‘ra murojaatlar mazmuni ham turfa xil. Kimdir moddiy yordam so‘ragan, kimdir sud qaroridan, yana kimdir MIB faoliyatidan norozi. Kimdir o‘z ko‘chasiga to‘kkan toshi uchun pul so‘rab kelgan, kimdir noqonuniy qurilgan uy-joyi uchun hujjat so‘ragan...

 

  • Men “daftar”da turaman. Lekin mahalla menga hech narsa bermadi, deya yozg‘irdi tumanning Samarqand mahallasida istiqomat qiluvchi fuqarolardan biri. Holatga aniqlik kiritish uchun mahala raisi chaqirilganda esa, “U berganingiz o‘tgan yili edi, bu yil hech narsa bermadingiz-ku?”, deya o‘z fikrini xaspo‘shlashga urindi. Vaholangki, asl murojaat mazmuni ham umuman boshqa masala ekan...

 

Qabul davomida bildirilgan har bir murojaat shu joyning o‘zida soha mas’ullari va murojaatchi ishtirokida atroflicha muhokama qilinib, zaruriy vazifalar belgilab olindi.

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM