Iste’mol qilingan ichimlik suvi uchun to‘lovlarni amalga oshirdingizmi?

Bulung‘ur tumanida jami 191 ta suv inshootlari, 198 ta artezian quduqlari va  jami 485.7 km suv tarmoqlari mavjud bo‘lib, aholining 75,7 foizi markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlangan.

Sohada qilinishi kerak bo‘lgan ishlar bor. Biroq, hamma yurtdoshlarimiz ham iste’mol qilingan ichimlik suvi uchun to‘lovlarni vaqtida amalga oshirmayaptilar. Bu esa, o‘z navbatida ichimlik suvini yetkazib berish, qamrovni yanada kengaytirish bilan bog‘liq zaruriy vazifalarni amalga oshirishga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Xususan, bugungi kunda tumanimiz aholisining ichimlik suvidan qarzdorligi 1 mlrd. 45 mln. 400 ming so‘mni tashkil qilmoqda.

"Samarqand suv ta’minoti" MChJ Bulung‘ur tuman filialida o‘tkazilgan navbatdagi muhokamada sohadagi mazkur kamchiliklarni bartaraf etish chora-tadbirlari ko‘rib chiqildi. Bunda har bir mahallaga mas’ullar belgilanib, aholi orasida tushuntirish ishlarini amalga oshirish, mavjud qarzdorlikni kamaytirish yuzasidan zaruriy vazifalar belgilandi.

Ma’lumot uchun, iste’mol qilingan ichimlik suvi uchun to‘lovlarni quyidagi vositalardan foydalangan holda qulay va tezkor amalga oshirishingiz mumkin:

- cabinet.uzsuv.uz shaxsiy kabinet orqali;

- @uzsuvbot telegram-boti orqali;

- Elektron toʻlov tizimlari (Click, Paynet, Upay, Payme, Oson, Uzum Bank) hamda toʻlov infokiosklari orqali;

- Tijorat banklari mobil ilovalari orqali;

- Tijorat bank kassalari va shaxobchalari hamda pochta boʻlimlari orqali.

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM