Bulung'ur mahallasida 1-sektor rahbarining navbatdagi sayyor qabuli bo'lib o'tdi.
Unda aholi va yoshlarning murojaat hamda takliflari tuman hokimi, 1-sektor rahbari S.Astonov, tumandagi Xalq qabulxonasi mudiri Sh.Narmatov hamda DXX tuman bo'linmasi mas'ul xodimi tomonidan qabul qilindi.
Uchrashuv davomida yoshlar tomonidan 5 ta, aholi tomonidan 9 ta murojaat bildirilib, har birining ijrosi uchun mas'ullar va aniq muddatlar belgilab olindi.