“Open budjet”: 2-mavsum yakunlandi

Shu yilning 27-avgustdan 16-sentyabr kuni soat 10:00 ga qadar o‘tkazilgan 2-mavsum tashabbusli byudjet jarayonlarida Bulung‘ur tumani bo‘yicha fuqarolar tomonidan jami 200 ta loyiha ilgari surilib, ularning 169 tasi ishchi komissiya tomonidan saralab olindi.

Jamg‘armada shakllangan 8 mlrd. 291 mln. 437 ming 463 so‘m mablag‘lar doirasida ovoz berish bosqichi yakunlariga ko‘ra, 6 ta loyiha (61 312 ta ovoz to‘plagan holda) g‘olib topilmoqda:

  1. Bulung’urariq mahallasi Ko‘l qishlog‘i ichki yo‘llarini asfaltlash (11 100 ta ovoz)
  2. Changal-1 mahallasi 70-maktabning moddiy texnik bazasini  rivojlantirish (11 051 ta ovoz),
  3. Nebo‘sa mahallasi Qo‘shtamg‘ali qishlog‘i ichki yo‘llarini asfaltlash (10 768 ta ovoz),
  4. Bulung’urariq mahallasi Olqartepa ko‘chasi  ichki yo‘llarini asfaltlash (10 275 ta ovoz),
  5. Suluvqo‘rg‘on mahallasi ichki yo‘llarini asfaltlash (10 265 ta ovoz),
  6. Xo‘jabachcha mahallasi ichki yo‘llarini asfaltlash (7 853ta ovoz) bo‘yicha takliflari yetarlicha ovoz bilan g‘olib bo‘ldi.

 

Demak, joriy yil 2-mavsum tashabbusli byudjet jarayoni yakunlariga ko‘ra, tumandagi 5 ta mahallada ichki yo‘llarga asfalt yotqizish ishlari hamda mavjud 1 ta umumiy o’rta ta’lim maktabining moddiy-texnik bazasini rivojlantirish ishlari amalga oshiriladi.

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM