“Ikkinchi Ustozlar Milliy forumi” bo‘lib o‘tdi

Bulung‘ur tumanidagi 11-sonli Madaniyat markazida o‘tgan tadbirda tuman hokimi S.Astonov, tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi muassasa direktorlari, fidoyi o‘qtuvchilar, soha mas’ullari, nuroniylar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.

Forum doirasida tuman hokimi S.Astonov so‘z olib, soha fidoyilarini yaqinlashib kelayotgan qo‘shaloq bayramlar munosabati bilan tabrikladi. Tadbirda o‘tgan o‘quv yilida erishilgan natijalar sarhisob qilindi, istiqboldagi marralar belgilanib, keng jamoatchlikka ma’lumot berildi.
 
Xususan, 6 ta (1-IDUM, 7-, 42-, 63-,67-, 69-) umumiy o‘rta ta’lim muassasalari 3 darajali “Zamonaviy maktab” maqomi berilgan sertifikatni qo‘lga kiritganligi qayd etildi. Shuningdek, mutaxassislik fani bo‘yicha sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tib, “Vazir jamg‘armasi” orqali oylik maoshidan tashqari har oyda 5,5 mln.so‘mdan ustama olib kelayotgan 6 nafar tumanimiz o‘qituvchilari barchaga na’muna sifatida e’tirof etildi.

Forum so‘ngida ilg‘or o‘qituvchi va murabbiylar, soha zahmatkashlaridan bir guruhi tadbir tashkilotchilari hamda ta'lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Bulung'ur tuman bo'linmasi Kengashi tomonidan tashakurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM