Davlat dasturida belgilangan vazifalarning tumandagi ijrosi muhokama etildi

“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-fevraldagi “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi PF-27-sonli Farmoni qabul qilingan Farmon ijrosini ta’minlash maqsadida Bulung‘ur tumaning chora-tadbirlar dasturi qabul qilingan bo‘lib mazkur chora-tadbirlar sohalar kesimida bosqichma-bosqich amalga oshirilib kelinmoqda.

Joriy yilning o‘tgan davri mobaynida mas’ullar oldiga qo‘yilgan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishi holatini tahlil qilish maqsadida xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyatida mazkur masalaga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda dastur ijrosida mas’ul bo‘lgan korxona va tashkilotlarning rahbarlari va mas’ul xodimlari ishtirok etishdi.

Prezident farmonida dastur ijrosi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasida mas’ul idora rahbarlarning xisobotlarni xalq deputatlari mahalliy kengashlarda muhokama etib borish tavsiya qilinganligidan kelib chiqib tumandagi olib borilayotgan ishlar bo‘yicha davlat idoralarining mansabdor shaxslarni tuman Kengashining sessiyalarida hisobotlarni eshitib borish reja asosida amalga oshiriladi.

Yig‘ilishda ishtirok etgan tashkilot rahbarlariga dasturda belgilangan vazifalar ijrosini sifatli va o‘z vaqtida bajarilish bo‘yicha ishlarni jadallashtirish vazifalarni qo‘yildi.

 

Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati

 

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM