Tumanimiz obodligi uchun barchamiz mas’ulmiz!

Bulung‘ur tumani hokimi Samandar Astonov hamda sektor rahbarlari soha mas’ullari va mahalla raislari ishtirokida avtobusda yurib, hududlardagi obodonlashtirish jarayonlarini ko‘zdan kechirishdi.

Xususan, Yangiobod mahallasidan boshlangan o‘rganish Beshqo'ton, Bog'bon  Mingtepa, Samarqand, Ulug‘bek, Yangiariq, Kattaqishloq, Olmazor, G‘o‘bdin, Fozil Yo‘ldosh, Bo‘dana, Erganakli, Nurli yo‘l, Gulzor, Mingchinor,  Isori O'roqli, Kichik Kildon, Kildon mahallalari yo‘nalishida davom etdi.

Jarayon davomida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan soha mas’ullari, shuningdek, mahalla raislari oldiga aniq vazifalar belgilab berildi hamda mazkur yo‘nalish takroran ko‘zdan kechirilishi to‘g‘risida ogohlantirildi.


 

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM