“Yangi O‘zbekiston” massivida ishlar yanada jonlantiriladi

Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov Bulung‘ur tumanida bo‘lib, tumanning Olmazor mahallasida bunyod etilayotgan “Yangi O‘zbekiston” massivida uy-joylar hamda tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari qurilishi bilan tanishdi.

 

Muhokama davomida ijrosi kechikayotgan masalalar quruvchi tashkilotlar hamda soha mas’ullari ishtirokida muhokama qilinib, ishlarni jadallashtirish, muddat bilan bir qatorda sifat masalasiga ham jiddiy e’tibor qaratish lozimligi ta’kidlandi. Aholi xonadonlarini elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik va oqova suv tarmog‘iga ulash, yo‘l infratuzilmasini rivojlantirish borasidagi ishlar holati tanqid qilinib, viloyat hamda tuman darajasidagi mas’ullar oldiga aniq vazifalar belgilab berildi.

Ma’lumot uchun, tumandagi “Yangi O‘zbekiston” massivida 2023-yilda jami 650 ta xonadondan iborat 34 ta ko‘p qavatli uylar qurilishi rejalashtirilgan bo‘lib, bugunga qadar 112 ta xonadondan iborat 5 ta ko‘p qavatli uylar foydalanishga topshirildi. Qolgan holatlar qurilish ishlari qizg‘in davom etmoqda.

 

Kelgusida hududda umumta’lim maktabi, 3 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti, 1 ta oilaviy poliklinika, 1 ta masjid, 1 ta mahalla markazi, 1 ta IIB tayanch punkti, 4 ta saylgoh, 1 ta madaniyat uyi, yoshlar markazi, sport va sog‘lomlashtirish markazi kabi ijtimoiy soha hamda infratuzilma obyektlari qurilishi, shuningdek aholining ehtiyoji uchun zurur bo‘lgan savdo va xizmat ko‘rsatish markazlari, dorixona, bolalar maydonchalari, avtoturargoh va chiqindi yig‘ish punktlari faoliyati yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilgan.

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM