AT “Xalq bank” Bulung‘ur filialida mavjud muammolar tahlil qilindi

AT “Xalq bank” Bulung‘ur filialida 2021-yil davomida “IsDocFlow” hujjatlar almashinuvi tizimi orqali 2021-yil 31-dekabrga qadar tuman hokimligi tomonidan 25 ta hujjat kelib tushgan bo‘lib, shundan 3 tasini tuman hokimi qarorlari, 1 tasi murojaat, qolgan 24 tasi ko‘rsatma va topshiriqlar. Ijro uchun yuborilgan 25 ta hujjatlarning birortasi ochib ko‘rilmagan, ijrosi ta’minlanmagan.

Bundan tashqari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va aholining daromad manbaini kengaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori asosida 2022-yilda AT “Xalq bank” Bulung‘ur filialiga biriktirilgan 19 ta mahallalarga 19 mlrd 167 mln.so‘mlik imtiyozli kredit mablag‘lari ajratish belgilangan.

Belgilangan rejaga asosan yanvar-may oylarida 7 mlrd 81 mln.so‘mlik imtiyozli kredit mablag‘lari ajratilishi lozim bo‘lgan bo‘lsada, amalda 133 ta loyihaga 2 mlrd 602 mln.so‘m yoki 36,7 foiz kredit mablag‘lari ajratilgan. Bu ko‘rsatkich AT “Agro bank” tuman filialidan 2,0 mlrd.so‘m va “Mikrokreditbank” tuman filialidan 2,1 mlrd.so‘mga kamdir. Bu esa o‘z navbatida loyihalarning o‘z vaqtida amalga oshishrilishi va yangi ish o‘rinlarining yaratilmasligiga sabab bo‘lmoqda.

Xo‘sh, nima sababdan belgilangan kredit mablag‘lari tashabbuskorlarga vaqtida ajratilmagan? Ushbu savolga javob topish maqsadida bank filiali barcha mas’ul xodimlari ishtirokida muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi.

Sektor rahbarlari va tumanga respublikadan biriktirilgan mas’ullar ishtirok etgan muhokama davomida bank tizimida korrupsiya holatlariga chek qo‘yish, tashabbuskorlarga kredit mablag‘lari ajratilishini assossiz ravishda paysalga solmaslik zaruligi tushuntirilib, korrupsiyaning har qanday shakliga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘linishi ta’kidlandi.

Mazkur kamchiliklarni qisqa fursatda bartaraf etish masalalari muhokama qilinib, bank rahbariyati va xodimlariga zaruriy tavsiyalar berildi.

 

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM