Bulung`ur tumanida “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar bilan ishlash borasida qanday ishlar amalga oshirilmoqda?

“Bulung‘ur hayoti” gazetasi tahririyatida o‘tkazilgan navbatdagi matbuot anjumanida “Bulung`ur tumanida “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar bilan ishlash borasida amalga oshirilgan ishlar, 2022-yilgi rejalar to`g`risida” ma’lumot berildi.

Media-tadbirda tuman hokimining o‘rinbosari Azizbek Buriboev, Yoshlar agentligi tuman bo‘limi rahbari Kamoliddin G‘apparov hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.

Ta’dbir davomida ma’lum qilinganidek,  bugungi kunda yoshlar bandligini taminlashda ikkita ustuvor yo’nalish belgilab berilgan bo’lib;

1. Yoshlarni doimiy daromad manbalariga ega qilish va bo’sh ish o’rinlariga joylashtirish orqali bandligini ta’minlash;

2. Yoshlarning bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish orqali bandligi ta’minlash

 

Tumanda 18-30 yoshgacha 35.198 nafarni yoki jami aholi sonining 33,2 % ulushini tashkil etadi.

2020-2021-yillar davomida yoshlar daftariga jami 6033 nafar yoshlar kiritildi. “Yoshlar daftariga” kiritish joriy yil iyun oyidan boshlab, inson omilini kamaytirish maqsadida faqat “yoshlardaftari.uz” elektron platformasi hamda 1093 ishonch telefoni orqali online ariza yuborish bilan amalga oshirib kelinmoqda.

         2021 yil 20-dekabr holatiga ko‘ra jami 5.970 nafar yoshlarga amaliy yordamlar ko‘rsatilib,  muammolari ijobiy hal etildi va “Yoshlar daftari”dan chiqarildi.

         Jumladan: 

           -Tumandagi bo‘sh ish o‘rinlariga jami 1.080 nafar yoshlar joylashtirilib, doimiy ish o‘rinlariga ega bo‘ldi.

           -Qishloq xo‘jaligiga qiziqadigan 3.675 nafar yoshlarga yer maydonlari ajratib berildi.

           -Biznesga qiziqadigan va kredit olish istagida bo‘lgan jami 398 nafar yoshlarga kreditlar ajratib berildi.

           -O’zini o’zi band qilish va tadbirkorlik qilish istagida bo’lgan 309 nafar  yoshlarga 701 mln so’mlik asbob-uskunalar ajratildi.

           -Qishloq xo’jaligi bilan shug’ullanishi uchun 51 nafar yoshlarga 89 mln so’mlik kortoshka urug’lari olib berildi.

           -Haydovchilik kurslariga o‘qish istagini bildirgan 108  nafar yoshlar 117 mln so’m mablag‘lari to‘lanib, haydovchilikka o’qitildi.

           -45 nafar yoshlarning 236.2 mln so’mlik SCHR xarajatlari to’lab berildi.

           -113 nafar yoshlarning 343.9 mln so’mlik OTM to’lov kontrakti to’lab berildi.

           -20 nafar yoshlarning 11 mln so’mlik nodavlat ta’lim muassasalarida o’qish xarajatlari qoplab berildi. 

           -171 nafar yoshlarga tibbiy, psixologik va ijtimoiy yordamlar ko’rsatilib “Yoshlar daftari”dan chiqarildi.

Yoshlarning bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida

-856 ta ma’naviy-marifiy tadbirlar va ko’rik-tanlovlar;

-920 ta sport tadbirlari va musobaqalari;

-85 ta  intellektual o’yinlar va seminar-treninglar tashkil etildi.

-jami 833 ta to’garaklar faoliyati yo’lga qo’yilib, 33.337 nafar yoshlar qamrab olindi.

-Tuman hokimiga biriktirilgan 16 nafar yoshlarning istedodlari hamda besh muhim tashabbus tadbirlarini qo’llab-quvvatlash maqsadida “Yoshlar jamg’armasi” hamda mahalliy byudjet mablag’lari hisobidan jami 183 mln so’mlik moliyaviy ko’maklar ko’rsatildi.

Misol uchun:

-3 nafar yoshlarimiz (Aliboev Kamol, Abirqulova Shoxsanam hamda Abdurasulova Mahkamoy) larning she’riy to’plamlari nashrdan chiqarildi.

-5 nafar iqtidorli yoshlarimiz mahalliy byudjet mablag’lari hisobidan madaniyat Institutida o’qitilmoqda.

-15 nafar iqtidorli qizlarimizga yil davomida har oy, jami 30 mln so’mlik “Hokim stipendiyasi” tayinlandi.

-2 nafar sportchi yoshlarimiz (Turdibekova Sitora Osiyo chempionatida boks sport turidan 1-o’rin, parataekvondo sport turidan Muxtorov Sanjar 3-o’rin) xalqaro musobaqalarda g’oliblikni qo’lga kiritdi. Shu bilan birga boks sport turi bo’yicha O’zbekiston chempionatida To’ychieva Umida hamda Abduamidova Sarvinoz 3-o’rin sohibi bo’lishdilar.

          

           Uyushmagan yoshlarning sport bilan doimiy shug‘ullanishlari uchun keng imkoniyatlar yaratish maqsadida tumandagi barcha ta’lim muassasalarining sport maydonchalari va sport zallari har kuni soat 16 00 dan 23 00 gacha yoshlar uchun ochib qo‘yilmoqda. Shuningdek, yoshlarni kitobxonlikka keng jalb etish maqsadida mahallalarda ko‘chma kutubxonalar tashkil etildi.

          

           2022-yilda Yoshlar yoshlar balansi shakllantirish jarayonida aniqlangan mu’ammolari mavjud bo‘lgan – 1942 nafar yoshlar “Yoshlar daftari”ga kiritildi.

         2022-yil 16-mart holatiga ro‘yxatdagi 381 nafar yoshlarga amaliy yordamlar ko‘rsatilib,  muammolari ijobiy hal etildi.

         Jumladan:

           -O’zini o’zi band qilish va tadbirkorlik qilish istagida bo’lgan 12 nafar  yoshlarga asbob-uskunalar ajratildi.

           -320 nafar yoshlarga yer maydonlari olib berildi.

           -20 nafar yoshlarning SCHR harajatlari to’lab berildi.

           -29 nafar yoshlarning OTM to’lov kontrakti to’lab berildi.

           Bu borada kelgusi re’jalar ham aniq.

           Xususan, 2022-yil davomida

           -tumandagi bo‘sh ish o‘rinlariga jami 200 nafar yoshlar joylashtirilib, doimiy ish o‘rinlariga ega bo‘ldi.

           -qishloq xo‘jaligiga qiziqadigan 1,200 nafar yoshlarga yer maydonlari ajratib beriladi.

           -biznesga qiziqadigan va kredit olish istagida bo‘lgan jami 300 nafar yoshlarga kreditlar ajratib beriladi.

           -O’zini o’zi band qilish va tadbirkorlik qilish istagida bo’lgan
100 nafar yoshlarga asbob-uskunalar ajratiladi.

           -Qishloq xo’jaligi bilan shug’ullanishi uchun 70 nafar yoshlargaurug’-ko’chatlar olib beriladi.

           -Haydovchilik kurslariga o‘qish istagini bildirgan 100 nafar yoshlar haydovchilikka o’qitiladi.

           -100 nafar yoshlarning OTM to’lov kontrakti to’lab beriladi.

           -180 nafar yoshlar kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitiladi.

 

           Tadbir davomida jurnalistlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM