Xalq deputatlari Bulung‘ur tuman kengashining navbatdagi sessiyasi tafsilotlari

Xalq deputatlari Bulung‘ur tuman kengashining navbatdagi 58-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Tuman hokimligida o‘tkazilgan sessiyada kun tartibidagi masalalag aloqadar hokim o‘rinbosarlari, bo‘lim va guruh rahbarlari, tashkilot va muassasa rahbarlari, tuman kengashi deputatlari hamda ommaviy axborot vositalari ishtirok etishdi.

 

Tuman kengashi raisi Samandar Astonov raisligida o‘tgan sessiya kun tartibida 6 ta masala ko‘rib chiqildi. Xususan, kun tartibidagi 1-masalaga muvofiq, tuman davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i Sherzod Eshmurotovning 2021-yildagi faoliyati yuzasidan hisoboti tinglandi.

Ma’lum qilinishicha, 2021-yil 12 oylik budjet daromadlari rejasi ortig‘i bilan bajarilgan. Jismoniy shaxslar yer solig‘i bo‘yicha 6.1 mlrd.so‘m reja belgilangan bo‘lib, xaqiqatda 8,3 mlrd.so‘mga yoki 125 foizga bajarilishi ta’minlandi. Undirilgan 8,3 mlrd. so‘mlik soliqlarning 1,3 mlrd.so‘mi jismoniy shaxslarning 2021 yil yilda hisoblangan soliqlari hisobidan. 7,0 mlrd. so‘mi jismoniy shaxslarning 2020 yillardan qolgan qaradorliklari hisobidan undirildi. Jismoniy shaxslar mol-mulk solig‘i bo‘yicha 5.4 mlrd.so‘m reja belgilangan bo‘lib, xaqiqatda 4,5 mlrd.so‘mga yoki 96 foizga bajarilishi ta’minlandi. O‘ndirilgan 4,5 mlrd. so‘mlik soliqlarning 1,2 mlrd.so‘mi jismoniy shaxslarning 2021 yil yilda hisoblangan soliqlari hisobidan. 3,3 mlrd. so‘mi jismoniy shaxslarning 2020 yillardan qolgan qaradorliklari hisobidan undirildi.

Shunga qaramasdan, Bulung‘ur tumani bo‘yicha faoliyat ko‘rsatayotgan yuridik shaxslarning soliq qarzdorligi  2021 yil 1 yanvar holatiga 9,2 mlrd. so‘mlik qarzdorlik mavjud bo‘lib, 2021 yil 31 dekabr xolatiga 14,5 mlrd. so‘mlik qarzdorlik ya’ni yil boshiga nisbatan 5,4 mlrd so‘mga oshgan. Yuzaga kelgan qarzdorliklar bo‘yicha 2021 yil davomida 5894 ta holatda 28 932,7 mln.so‘mlik qarzdorliklar Majburiy ijro byurosining Bulung‘ur tumaniga o‘tkazilgan.

Yil davomida 4859  nafar norasmiy ishlayotgan xodimlar faoliyatini qonuyniylashtirishga erishilgan. 837 ta fuqaroni yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilib, faoliyati qonuniylashtirilgan. Shuningdek, 418 ta tadbirkorlik subektlari faoliyatini yuridik shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Yil yakuniga qadar 945 ta xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar kameral soliq tekshiruvlari o‘tkazilib, byudjetga 1,2 mlrd.so‘m qo‘shimcha mablag‘lar aniqlangan va 1,1 mlrd.so‘m undirildi. 

2021 yil yanvar-dekabr oylarida naqd pul tushumiga ega bo‘lgan 342 ta savdo, umumiy ovqatlanish va xizmat ko‘rsatish shahobchalariga onlayn nazorat kassa mashinalari o‘rnatildi.

Savdo va xizmat ko‘rsatish qoidalariga muntazam ravishda rioya qilmay faoliyat ko‘rsatayotgan 44 ta savdo va umumiy ovqatlanish shahobchalarida sayyor soliq tekshiruvlari o‘tkazilib, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga nisbatan 152,5 mln. so‘m miqdorida moliyaviy jarimalar qo‘llanilib, to‘plangan tekshirish xujjatlari JIB tuman sudiga yuborilgan.

Sessiya davomida bildirilgan takliflarga ko‘ra, tumanda soliq sohasidagi ishlarni jadallashtirish maqsadida “Dolzarb 10 kunlik” e’lon qilinishi belgilandi.

 

Kun tartibidagi 2-masala yuzasidan tuman Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘linmasi boshlig‘i Sa’dulla Bozorovning Bulung‘ur tumanida yo‘l-transport hodisalarining oldini olish, harakat xavfsizligini ta’minlash borasida 2021-yil davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida hisoboti tinglandi.

Hisobotda bildirilishicha, tumanda jami jismoniy shaxslarga tegishli 17752 ta transport vositalari mavjud bo‘lib, shulardan 821 tasi yuridik shaxslarga tegishli. 2021-yilda tuman xududida yo‘l-transport hodisalarini oldini olish va harakat xavfsizligini ta’minlash borasida bir qator amaliy tashkiliy ishlar amalga oshirilishiga qaramasdan tuman xududidan o‘tgan avtomobil yo‘llarida o‘tgan yilning 12 oyi davomida jami 61 ta YTH sodir etilgan bo‘lib, 18 nafar kishi vafot etgan, 58 nafar fuqarolar turli xildagi tan jarahatlari olishib tibbiyot muassasalariga murojaat qilishgan. Bu esa 2020 yilning shu davriga nisbatan YTHlar soni 15 taga, tan jarahoti olganlar 21 taga ko‘paygan bo‘lib, unda halok bo‘lganlar 3 taga oshgan.

Ushbu yo‘l tarnsport xodisalarini kelib chiqish sabablarini tahlil qilganida:

-34 % “Belgilangan tezlikka rioya qilmaslik”,

-8 tasi yoki 13 % “Oraliq masofani saqlamaslik”,

-7 tasi yoki 11 % “Yo‘nalishni keskin o‘zgartirib yuborish”,

-6 tasi yoki 10% “Qarama qarshi yo‘nalishga chiqib ketish”,

-4 tasi yoki 6 % “Piyodalarning qoidabuzarliklari”,

-3 tasi yoki 5.5 % “Charchoqlik tufayli rulda uxlab qolish”,

-3 tasi yoki 5.5 % “Piyodalar o‘tish joyida piyodani o‘tkazmaslik”,

-2 tasi yoki 3.2 % “Mast holda avtomobil boshqarish”,

-2 tasi yoki 3.2 % “Chorrahadan o‘tish qoidasini buzish”,

-1 tasi yoki 1.6 % “Imtiyozga ega avtomashinani o‘tkazmaslik”,

-1 tasi yoki  1.6 % “Svetofor talabiga bo‘ysunmaslik”,

-2 tasi yoki  3.2 % “Yo‘l belgilariga amal qilmaslik”,

-1 tasi yoki 1.6 % boshqa qoidabuzarlik oqibatida sodir etilganligi kuzatilgan.

 

Avtomobil yo‘llari kesimida tahlil qilinganda:

-21 tasi yoki (36.8%) halqaro ahamiyatdagi avtomobil yo‘llari,

-19 tasi yoki (33.3%) davlat ahamiyatidagi avtomobil yo‘llari,

-7 tasi (40%) mahalliy ahamiyatdagi avtomobil yo‘llari va

-14 tasi (17.6%) shahar, aholi punktlarida sodir bo‘lgan.

 

Haydovchilarning yoshi (jami 78 ta haydovchi) kesimi tahlil qilinganda:

-18 dan 25 yoshgacha bo‘lgan haydovchilar 28 tani,

-25 dan 45 yoshgacha bo‘lgan haydovchilar 41tani,

-45 dan 60 yoshgacha bo‘lgan haydovchilar 8 tani,

-60 yoshdan oshgan haydovchilar 1 tani tashkil etgan.

Sodir etilgan yo‘l-transport hodisalarida jami 78 ta transport vositalari ishtirok etgan bo‘lib, shundan 40 tasini yoki 51.3% mahalliy transport vositalari haydovchilari tomonidan, 38 tasini yoki 48.7%ni tuman hududidan tranzit o‘tuvchi transport vositalari haydovchilari tomonidan sodir etilgan.

2021 yil davomida Bulung‘ur tumanida, ichki ishlar bo‘limi Yo‘l harakati xavfsizligi xodimlari tomonidan 14356 ta umumiy, shundan 8150 ta qo‘pol qoidabuzarliklar, 381 ta mast haydovchilar, 675 ta piyodalar va 890 ta boshqa qoidabuzarliklar aniqlandi.

Bundan  tashqari  tuman hokimligi va tuman IIB tashabbusi bilan 2021-yilning ikkinchi yarmida tumanning kirish chiqish joylariga va bozorlar, savdo markazlari, chorraha va bekatlar atrofiga jami 50 dan ortiq video kameralar o‘rnatildi shundan qoidabuzarlikni qayd etuvchi 1 dona videokameralar va 1 dona tezlikni o‘lchovchi video radar avariya uchog‘i bulgan M-39  avtomobil yo‘lining 1041 kmga o‘rnatilgan.

Tumanda yil davomida:

-68 dona yo‘l belgi o‘rnatildi.

-247 dona yoritgich ustunlari va 466 dona yoritgich chiroqlari o‘rnatildi

-2 km piyodalar yo‘lakchasi va veloseped yo‘lakchalari qurildi

17 dona piyodalar utish joyi chizildi.

-20070 kv metr qoplama yamoqli ta’mirlash ishlari bajarildi.

-34 ta maktab oldiga sun’iy notekisliklar urnatildi.

-1 ta chorraxa YFUK va xomiylar  yordamida svetofor qurulmasi o‘rnatilib, foydalanishga topshirildi.

Bundan tashqari, piyodalarni, jumladan maktab o‘quvchilarini yo‘llardan xavfsiz harakatlanib o‘tishlarini ta’minlash maqsadida avtomobil yo‘llari yoqasida joylashgan maktablar oldidagi piyodalar o‘tish joylariga 9 ta o‘quvchi piyodalarning mulyajlari hamda haydovchilar tomonidan belgilangan tezlikni oshirishlari sababli sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan YTHlarni oldini olish maqsadida 3 ta panno o‘rnatildi, 1850 dan ortiq harakat xavfsizligini targ‘ib qiluvchi bukletlar harakat ishtirokchilariga tarqatildi.

Mahallalarda 36 marotaba, ta’lim muassasalarida 42 marotaba, korxona-tashkilotlar va boshqa aholi gavjum joylarda keng jamoatchilik bilan 125 marotaba uchrashuvlar hamda profilaktik tushuntirish ishlari olib borilgan.

Sessiyada deputatlar tomonidan tumanda tirbandlikning oldini olish, yo‘l-harakatini tartibga solish borasidagi ishlar jiddiy bahs-munozaralarga sabab bo‘ldi. Sessiya qarorga ko‘ra, tuman markazidagi harakatni tartibga solish yuzasidan amaliy ishlar ko‘rish, 1 oy muddatda tuman Kengashi sessiyasida qilingan ishlar yuzasidan hisobot berish lozimligi belgilandi.

 

Sessiya davomida “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish to‘g‘risidagi masala ko‘rilidi. Unga ko‘ra:

-Suluvqo‘rg‘on mahallasida yashovchi fuqaro Nazarov Kenjaboy Naxalboyevichning voyaga yetmagan farzandi Naxalboyev Temurbek Kenjaboy o‘g‘lining operatsiyasi uchun 30 000 000 (o‘ttiz million) so‘m;

-Olmazor mahallasida yashovchi fuqaro Misratov Jamoliddinning voyaga yetmagan farzandi Uzoqboyev Elyor Jamoliddin o‘g‘lining yurak operatsiyasi uchun 33 500 000 (o‘ttiz uch million besh yuz ming) so‘m;

-Erganakli mahallasida yashovchi fuqaro Mavlanova Mastura O‘ktamovnaning voyaga yetmagan farzandi Andaboyeva Jasmina Ravshan qizi operatsiyasi uchun 22 000 000 (yigirma ikki million) so‘m;

-Xo‘jamazgil mahallasida yashovchi fuqaro Axmedov Xolbek Adxamovichning buyragini operatsiyasi uchun 11 000 000 (o‘n bir million) so‘m, jami 96 500 000 (to‘qson olti million besh yuz ming) so‘m miqdorda mablag‘ “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan ajratilishi belgilandi.

67 ta ehtiyojmand, kam ta’minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar “Temir daftar”ga kiritilishi, “Temir daftar”dagi 164 ta oilalarning ehtiyojlaridan kelib chiqib asbob-uskunalar olib berish uchun “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi hisobidan 657 mln. 400 ming so‘m miqdordagi mablag‘ ilovaga muvofiq ajratilishi belgilandi.

 

Shuningdek, sessiya davomida xalq deputatlari tumani Kengashining doimiy komissiyalari tarkibiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risidagi hamda Xazratkulov Abduvali Abdusamatovichni Bulung‘ur tumani hokimining o‘rinbosari - Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘i lavozimidan ozod etish to‘g‘risidagi tuman hokimining 2022-yil 10-martdagi 106-7-93-Q/22 sonli qarori tasdiqlash haqidagi masalalar ko‘rildi.

 

Kun tartibida ko‘rilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Sessiya ishi tuman hokimligining Facebook ijtimoiy tarmoqg‘idagi sahifasi orqali onlayn efirga uzatildi: https://fb.watch/bNtxNFrKtX/

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM