Xo‘jabachcha mahallasida uch avlod uchrashuvi o‘tkazildi

Yaqinlashib kelayotgan 8-mart - Xalqaro xotin-qizlar kuni bayramini keng nishonlash va yuqori saviyada o‘tkazish maqsadida “Ayolni e’zozlash – ezgulik va adolat me’zoni” degan g‘oya ostida joriy yilning 3-10 mart kunlari Bulung‘ur tumanida “Xotin-qizlarni e’zozlash haftaligi” o‘tkazilmoqda.

 

Bugun, 3-mart kuni haftalikka start berilib, tumandagi Xo‘jabachcha mahallasida “Uch avlod uchrashuvi” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Tuman hokimligi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi Bulung‘ur tuman bo‘linmasi, O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi tuman Kengashi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda Xo‘jabachcha mahallasidagi na’munali oilalardan bo‘lgan Qodirov Abdusaid bobo hamda Qodirova Halima ona, nuroniylar va yoshlar ishtirok etishdi. 87 yoshni qarshilagan otaxon hamda 77 yoshni qarshilagan onaxonning turmush qurganliklariga 65 yil bo‘lgan. Bugun ularning 9 ta farzand, 40 ta nevara, 38 ta chevarasi bor.

Suhbat davomida ko‘pni ko‘rgan baxtli oila vakillari o‘zlarining hayot tajribalarini yoshlar bilan o‘rtoqlashdilar. Jumladan, oilada o‘zaro munosabatlar, kattalarga hurmat, kichiklarga izzat ko‘rsatish, farzand tarbiyasi kabi mavzularda so‘z yuritishib, dono xalqimizning azaliy qadriyatlarini eslatib o‘tishdi.

 

Uchrashuv bahoriy kayfiyatdagi sho'x kuy va qo'shiqlarga ulanib ketdi.

 

Joylarda loyiha doirasidagi tadbirlar davom etmoqda.

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM