“Ishonch” gazetasida “Teskari aylantirilgan «tegirmon toshi» yoxud Bulung‘urda aslida bo‘lmasligi kerak bo‘lgan ish bo‘ldi” sarlavhali maqola yuzasidan munosabat

“Ishonch” gazetasining 22-fevraldagi 23-onida Teskari aylantirilgan «tegirmon toshi» yoxud Bulung‘urda aslida bo‘lmasligi kerak bo‘lgan ish bo‘ldisarlavhali maqola e’lon qilindi. Unda Bulung‘ur tumani Beshqo‘ton mahallasi hududida joylashgan sobiq bolalar sog‘lomlashtirish oromgohi haqida so‘z yuritilgan.

Maqolada keltirilgan mazkur sog‘lomlashtirish oromgohi binosi 1966 yilda qurilgan. Ob’ektning umumiy egallagan maydoni 1.45 ga, qurilish osti maydoni 695.3 kv.m. Aholi yashash punktidan 50 metr uzoqlikda joylashgan. Suv, elektr energiyasi mavjud, gaz va issiqlik tarmog‘i mavjud emas.

Darhaqiqat, maskandan so‘nggi bor 2017-yilgi yozgi ta’til vaqtida foydalanilgan. 2018-yil aprel oyida viloyat davlat arxitektura va qurilish boshqarmasi tomonidan bolalar oromgohi binosi foydalanishga yaroqsizligi to‘g‘risida xulosa berilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-avgustdagi PF-5780-sonli Farmonining 9-bandi talablariga asosan foydalanilmayotgan aktivlarning balansda saqlovchisi tomonidan “Yo‘l xarita”si taqdim etilmagan yoki unda nazarda tutilgan foydalanilmayotgan aktivlardan samarali foydalanish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilanmagan muddatlarda bajarilmagan yohud “Yo‘l xarita”sini tasdiqlash rad etilgan hollarda xalq deputatlari Kengashlari, shuningdek, mahalliy davlat hokimliklari o‘z vakolatlari doirasida foydalanilmayotgan aktivlarni olib qo‘yish va sotish to‘g‘risida qaror qabul qilishga haqli ekanligi ko‘rsatib o‘tilgan.

Bundan tashqari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida 2020-yil 8-yanvar kuni o‘tkazilgan videoselektor majlisida bo‘sh turgan ob’ektlarni xo‘jalik faoliyatiga jalb etishning jadallashtirilgan choralarini ko‘rish topshirilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining mazkur Farmon va yig‘ilish bayoni talablariga muvofiq qabul qilingan Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining 2020-yil 4-iyundagi 48/9-sonli qarori bilan Bulung‘ur tumani, Beshqo‘ton mahallasi hududidagi bolalar sog‘lomlashtirish oromgohining bo‘sh turgan binolaridan samarali foydalanish yo‘lga qo‘yilmaganligi sababli mahalliy davlat hokimliklari balansiga o‘tkaziladigan ob’ektlar ro‘yxatiga kiritilgan.

Shu bilan birga, Xalq deputatlari viloyat Kengashi qaroriga asosan uch kunlik muddatda shahar va tuman hokimliklari, viloyat Yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasi hamda balansida saqlovchi korxona va tashkilotlar bilan birgalikda mazkur qaror ilovasida keltirilgan bo‘sh turgan davlat mulki ob’ektlarini o‘rnatilgan tartibda hokimliklar balansiga olinishi bo‘yicha topshirish-qabul qilish dalolatnomalarini tuzilishini shuningdek, hokimliklar nomiga kadastr hujjatlarining rasmiylashtirilishi ko‘rsatilgan.

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Samarqand viloyati hududiy boshqarmasining 2020-yil 8-iyundagi 1634-01/03-sonli hamda viloyat hokimligining 2020-yil 10-iyundagi 02-02/563-sonli xatlarida Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining 48/8 hamda 48/9-sonli qarorlariga ko‘ra, 2 kun muddatda “Sohibkor” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohining bino-inshootlarini hokimlik balansiga olinishi va kadastr hujjatlari rasmiylashtirilishini ta’minlash so‘ralgan.

Yuqoridagilarga asosan, oromgoh 2020-yil 12-iyundagi tuman hokimining qarori bilan hokimlik balansiga olingan.

Tuman hokimligining 2020-yil 24-iyundagi 05/01-494-sonli Davlat aktivlarini boshqarish agentligi viloyat hududiy boshqarmasiga chiqargan  xatiga asosan ushbu foydalanilmasdan bo‘sh turgan davlat mulki ob’ektidan samarali foydalanish maqsadida xususiylashtirilishi so‘ralgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-oktabrdagi “Davlat ishtirokidagi korxonalarni islox qilishni jadallashtirish hamda davlat aktivlarini xususiylashtirishga oid chora tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6096-sonli farmonining 12-bandiga asosan “davlat ob’ektlarini “nol” xarid qiymatda sotish amaliyoti bekor qilinadi”. Shu sababdan xususiylashtirish yuzasidan berilgan takliflar Samarqand viloyati hududiy tanlov komissiyasi muhokamasiga qo‘yilib, komissiya tomonidan baholangan qiymatda “E-IJRO AUKSION” elektron savdo maydonchasi orqali xususiylashtirilishi belgilangan.

O‘z navbatida, mazkur bo‘sh turgan davlat mulki ob’ektini xususiylashtirish yuzasidan xalq deputatlari viloyat Kengashining 2020-yil 18-noyabrdagi 115/17-sonli hamda viloyat hokimining 2020-yil 2-dekabrdagi 190-Q-sonli qaroriga muvofiq baholangan qiymatda auksion savdolari orqali xususiylashtirish belgilangan.

Mazkur qaror ijrosini ta’minlash maqsadida, qonunchilikda o‘rnatilgan tartibda baholangan qiymatda “E-IJRO AUKSION” elektron savdo maydonchasi orqali auksion savdolariga chiqarilgan.

Ob’ekt dastlabki baholangan qiymatida ma’lum vaqt sotilmasdan turgan.  Shundan so‘ng, Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 16-iyundagi 454-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Davlat mulki ob’ektlarini sotish va davlat mulkini ijaraga berish bo‘yicha elektron savdolar o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomni tasdiqlash haqidagi qarori bilan tasdiqlangan Nizom talablariga muvofiq, boshlang‘ich narxlarni bosqichma-bosqich pasaytirish mexanizmi qo‘llanilgan bo‘lib, narxlar boshlang‘ich narxlarga nisbatan 50 foizgacha pasaytirilgan.

“Elektron-onlayn auksion savdolarni tashkil etish markazi” Davlat unitar korxonasining 2021-yil 17-iyundagi g‘oliblik bayonnomasiga asosan 308,8 mln so‘m qiymatda Sultanova Sitora Akbar qiziga sotilgan.

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM