Matbuot anjumani: Bulung‘ur tumanida ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish masalalari qay ahvolda?

“Bulung‘ur hayoti” gazetasi tahririyatida o‘tkazilgan navbatdagi matbuot anjumanida “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida Bulung`ur tumanida amalga oshirilayotgan ishlar to`g`risida” mavzusida so‘z yuritildi. Mavzu yuzasidan  Bulung‘ur tumani hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Alisher Elmuratov tomonidan ma’lumot berildi.

 

Tadbirda ma’lum qilinganidek, tuman bo‘yicha  55 ta mahalladan 41 tasi, ya’ni 74 foizi sanitar tozalash xizmatlari bilan qamrab olingan.

Sanoat korxonalarida atmosferaga tashlanmalarni kamaytirish maqsadida Mingtepa mahallasida joylashgan “Xitoy besh barmoq” MChJ tomonidan 1 ta chang-gaz tutib qolish uskunalari modernizatsiya qilindi, atmosferaga 0,5 tonna chiqindilarni tashlanishi kamaydi.

Tuman hududidan oqib o‘tuvchi Zarafshon daryosining suvini muhofaza zonasini belgilash bo‘yicha loyihalash ishlari bajarilib, Samarqand viloyati hokimining tegishli qarori qabul qilindi.

Shu bilan birgalikda,  tuman bo‘yicha  14 ta mahalla sanitar tozalash xizmatlari bilan qamrab olinmagan. Shuningdek, qattiq maishiy chiqindilarni qayta ishlash yo‘lga qo‘yilmagan. Xalq ta’limida 8 ta, maktabgacha ta’lim tizimida 56 ta, tuman tashkilotlari uchun 64 ta chiqindi konteynerlari o‘rnatilishi zarur. Tumandagi 3053 ta yuridik tashkilotlardan 660 tasiga yoki 21 foiziga sanitar tozalash xizmatlari ko‘rsati qabrab olinmagan.

Aholiga sanitar tozalash xizmatlarini ko‘rsatganlik uchun majburiy to‘lovlardan debitor qarzdorlik 1 mlrd 218 mln so‘mni tashkil etmoqda.

 

Soha yuzasidan 2022-yil re’jalari ham aniq belgilab olingan. Xususan, tuman bo‘yicha 12 ta mahalla sanitar tozalash xizmatlari bilan
(96 foiz) qamrab olinadi. Shuningdek, qattiq maishiy chiqindilarni qayta ishlash darajasi 50 foizga yetkaziladi.

Xalq ta’limi (8 ta), maktabgacha ta’lim (56 ta), tashkilotlari 64 ta chiqindi konteynerlari bilan ta’minlanadi.

Hududdagi 1 300 ming yuridik tashkilotlar bilan sanitar tozalash xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha shartnoma imzolash choralari ko‘riladi.

Sanitar tozalash xizmalari ko‘rsatganlik uchun muddati o‘tgan debitor qarzdorliklarni 40 foizga qisqartiriladi.

 “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida:

- Daraxt ko‘chatlari ekilishini nazorat qilish bo‘yicha kunlik monitoring ishlarini olib boriladi;

- Tumanda bahor mavsumida jami 651 ming dona daraxt ko‘chatlari ekiladi;

- Mingchinor mahaxallasi hududida 1,5 gektar yer maydonida bog‘ tashkil etiladi;

- Gulzor mahallasi 300 metr uzunlikda “Lola daraxti ko‘chasi, Kichik Kildon mahallasida 400 metr uzunlikda “Tutzor ko‘chasi, Olmazor mahallasida 500 metr uzunlikda “Olmazor ko‘chasi hamda Chorbog‘ mahallasida 200 metr uzunlikda “Uzumzor ko‘chasi tashkil etiladi.

- Markaziy chiqindi poligoniga olib boruvchi yo‘li va atrofida ihota sifatida Terakzor tashkil etiladi.

Sanoat korxonalaridan atmosferaga tashlanmalarni kamaytirish maqsadida “Richland International Investment” MChJ tomonidan 1 ta
chang-gazlarni tutib qolish uskunasi modernizatsiya qilinadi.

5 ta sanoat korxonalari hududlari va unga tutash hududlarda
chang-gazlarni o‘zida tutib qoluvchi yirik bargli daraxtlar ekiladi.

2022 yildagi chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni takomillashtirish, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida daraxt va buta ko‘chatlarini ekish ishlarini samarali tashkil etish, ekologik holatni barqarorlashtirish bo‘yicha vazifa va topshiriqlar ijrosi o‘z vaqtida ta’minlab boriladi.

 

Muloqot davomida ommaviy axborot vositalari vakillari mavzu yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM